Winifred Lamb (1894-yil 3-noyabr – 1963-yil 16-sentyabr) – ingliz arxeologi, sanʼat tarixchisi va muzey rahbari. Uning faoliyati asosan yunon, rim va Onadoʻli madaniyati va artefaktlariga ixtisoslashgan. Faoliyatining asosiy qismini 1920—1958-yillarda olib borgan. Kembrij universitetining Fitsvilyam muzeyiga yunon antiqa buyumlarining faxriy qoʻriqchisi (raxbari) etib tayillangan[1].

Winifred Lamb
Tavalludi 1894-yil 3-noyabr
Campden Hill, London, Angliya
Vafoti 1963-yil 16-sentyabr
Easebourne, Angliya
Fuqaroligi Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi
Taʼlimi Newnham kolleji

Gretsiya va Turkiyada arxeologik qazishmalarga rahbarlik qilgan. Anqaradagi Britaniya Arxeologiya Institutining asoschisi boʻlgan hamda yunon va rim qadimiy buyumlari boʻyicha koʻplab kitoblarning muallifi hamdir. Shu jumladan, 1929-yilda nashr etilgan Greek and Roman Bronzes bu mavzu boʻyicha tadqiqotlar uchun standart asar hisoblangan.

Dastlabki faoliyati va taʼlimi

tahrir

Lamb 1894-yil 3-noyabrda Londondagi Kempden Hillda tavallud topgan. 1906-yildan 1910-yilgacha parlament aʼzosi boʻlgan. Uning otasi Edmund Lamb, onasi esa Kembrijdagi Newnhem kolleji bitiruvchisi Meybel Lamb edi. Meybel ayollar universitetlarida taʼlim olish va ayollarning saylov huquqini targʻib qilishda faol ishtirok etgan[2]. Lamb uyda gubernatorlar tomonidan taʼlim olgan[3].

Birinchi jahon urushi davrida razvedka ishlari

tahrir

1917-yilning yozida oʻqishni tugatgandan soʻng Lamb askarlar kasalxonasida ishlagan[4]. 1918-yil yanvar oyida u Britaniya Harbiy-dengiz razvedkasi boshqarmasining kriptotahlil boʻlimi boʻlgan „40-xona“ tarkibiga qoʻshilgan. 1918-yilning dekabrida Germaniya suv osti kemalariga yuborilgan kodlangan xabarlarni dekodlash ustida ishlagan[5][6]. Aynan shu yerda Lamb Britaniya razvedkasida ishlaydigan taniqli arxeolog John Beazley bilan uchrashgan[7]. Shuningdek, Britaniya muzeyida kataloglashtirish ishlarini olib borgan[8].

Manbalar

tahrir
  1. Fitzwilliam Museum Antiquities
  2. Gill, David W.J.. Winifred Lamb: Aegean Prehistorian and Museum Curator. Oxford: Archaeopress, 2018 — 11–12-bet. ISBN 9781784918798. 
  3. Gill, David W.J.. Winifred Lamb : Aegean prehistorian and museum curator, Oxford, 2018 — 15, 18-bet. ISBN 978-1784918798. OCLC 1042418677. 
  4. Gill, David W.J.. Winifred Lamb : Aegean prehistorian and museum curator, Oxford, 2018 — 34-bet. ISBN 978-1784918798. OCLC 1042418677. 
  5. Gill, David W.J. „Winifred Lamb and the Fitzwilliam Museum“, . Classics in 19th and 20th Century Cambridge: Curriculum, Culture and Community Stray: . Cambridge: Cambridge Philological Society, 1998 — 135–156-bet. ISBN 0-906014-23-9. 
  6. Gill, David W.J.. Winifred Lamb : Aegean prehistorian and museum curator, Oxford, 2018 — 38–46-bet. ISBN 978-1784918798. OCLC 1042418677. 
  7. „Lamb, Winifred“ (en). Dictionary of Art Historians (2018-yil 21-fevral). Qaraldi: 2018-yil 25-sentyabr.
  8. Gill, David W.J.. Winifred Lamb : Aegean prehistorian and museum curator, Oxford, 2018 — 34–47-bet. ISBN 978-1784918798. OCLC 1042418677.