Wojciech Tomasz Szczęsny (pl; 1990-yil 18-aprelda tugʻilgan) – polshalik professional futbolchi, La Liganing “Barselona” klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Wojciech Szczęsny
Shesni Yuventus bilan 2018-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Wojciech Tomasz Szczęsny[1]
Tavallud sanasi 18-aprel 1990-yil (1990-04-18) (34 yosh)[2]
Tavallud joyi Varshava, Polsha
Boʻyi 1.95 m (6 ft 5 in)[3]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Barcelona
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2005 Agrykola Warsaw
2005—2006 Legia Warsaw
2006—2009 Arsenal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2017 Arsenal 132 (0)
2009—2010Brentford (ijara) 28 (0)
2015—2017Roma (ijara) 72 (0)
2017—2024 Juventus 200 (0)
2024— Barcelona 0 (0)
Milliy terma jamoa
2007–2010 Polsha U20 4 (0)
2009–2012 Polsha U21 7 (0)
2009–2024 Polsha 84 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Wojciech klubdagi faoliyatini Varshavaning „Legiya“ jamoasida boshlagan. Szczęsny 2006-yilning yanvarida „Arsenal“ bilan shartnoma imzolagan. Uch yil davomida klubning yoshlar va oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan. 2009-yilda Lonon jamoasi tarkibida professional debyutini oʻtkazgan. Keyingi mavsumda Brentford klubida ijara asosida oʻynagan. 2011-yilgi mavsum oldidan Arsenal jamoasi tarkibiga qaytgan va keyinchalik ikki marta Angliya Kubogida gʻalaba qozonib, poytaxt klubining asosiy darvozaboniga aylangan. 2013/2014-yilgi mavsum yuqori darjada oʻtkazgan holda jamoasi blan Angliya kubogida gʻolib boʻlgan va mavsum yakubida Petr Čech bilan birgalikda Premyer-liganing „Oltin qoʻlqop“ sohibi boʻlgan. Wojciech 2015-yilda ketma-ket ikki mavsum davomida Italiyaning „Roma“ klubida ijara asosida oʻynagan. 2017-yilda Rim klubi tarkibidagi mazmunli oʻyinlar sababli Seria A ning amaldagi chempioni „Yuventus“ ga oʻtishga sabab boʻlgan. Oʻzining birinchi mavsumida asosan Gianluigi Buffonning zahira darvozaboni sifatida oʻynagan. Dastlabki mavsumidayoq ichki musoboqalarda Juventus jamoasi bilan „oltin dubl“ni qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda Buffon ketganidan soʻng, boshlangʻich tarkib futbolchisiga aylandi va ikkinchi marta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Uning samarali oʻyinlari 2019-yilda unga Yashin Trophy nominatsiyasini ham taqdim etgan[4]. Szczęsny keyingi mavsumda ketma-ket uchinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan. Wojciech 2024-yilda professional futboldan ketishdan oldin A Seriyaning eng yaxshi darvozaboni mukofotini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro miqyosda Wojciech 2009 va 2024-yillar oraligʻida Polsha terma jamoasi safida 84 ta oʻyin oʻtkazgan. Wojciechilk yirik musoboqasi, Polsha va Ukraina mezbonligida oʻtgan UEFA Yevro-2012 turnirida milliy terma jamoa tarkibiga kiritilgan. Keyinchalik Yevropa chempionati turnirning yana uchta nashrida (2016, 2020 va 2024), shuningdek, ikkita FIFA Jahon chempionatida (2018 va 2022) ishtirok etgan.

Shaxsiy hayot

tahrir

Szczęsny Varshavada tugʻilgan. Wojciech Maciej Szczęsnyning oʻgʻli boʻlib, otasi ham professional darvozabon boʻlgan. Otasi faoliyati davomida Varshavaning „Legiya“, „Vidzev Lodz“, „Poloniya Varshava“ va „Visla Krakov“ klublarida, shuningdek, Polsha terma jamoasida yettita oʻyin oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi

tahrir
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar[5][6]
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok[lower-alpha 1] Liga kubogi[lower-alpha 2] Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Arsenal 2009–10 Premier League 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
2010–11 Premyer-liga 15 0 2 0 5 0 2[izoh 1] 0 24 0
2011–12 Premyer-liga 38 0 1 0 0 0 9[izoh 1] 0 48 0
2012–13 Premyer-liga 25 0 4 0 1 0 3[izoh 1] 0 33 0
2013–14 Premyer-liga 37 0 0 0 0 0 9[izoh 1] 0 46 0
2014–15 Premyer-liga 17 0 5 0 0 0 6[izoh 1] 0 1[lower-alpha 3] 0 29 0
Jami 132 0 12 0 7 0 29 0 1 0 181 0
Brentford (ijara) 2009–10 League One 28 0 0 0 0 0 0 0 28 0
Roma (ijara) 2015–16 Serie A 34 0 0 0 8[izoh 1] 0 42 0
2016–17 Serie A 38 0 0 0 1[izoh 1] 0 39 0
Jami 72 0 0 0 9 0 81 0
Juventus 2017–18 Serie A 17 0 2 0 2[izoh 1] 0 0 0 21 0
2018–19 Serie A 28 0 2 0 10[izoh 1] 0 1[izoh 2] 0 41 0
2019–20 Serie A 29 0 0 0 7[izoh 1] 0 1[izoh 2] 0 37 0
2020–21 Serie A 30 0 0 0 7[izoh 1] 0 1[izoh 2] 0 38 0
2021–22 Serie A 33 0 0 0 7[izoh 1] 0 0 0 40 0
2022–23 Serie A 28 0 0 0 12[lower-alpha 4] 0 40 0
2023–24 Serie A 35 0 0 0 35 0
Jami 200 0 4 0 45 0 3 0 252 0
Umumiy faoliyat 432 0 16 0 7 0 83 0 4 0 542 0
  1. FA Cup, Italia kubogini o'z ichiga oladi
  2. Futbol Ligasi kubogi oʻz ichiga oladi
  3. Appearance in FA Community Shield
  4. Four appearances in UEFA Champions League, eight appearances in UEFA Europa League

Xalqaro

tahrir
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtiroki va gollar[7]
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Polsha 2009 1 0
2010 0 0
2011 6 0
2012 5 0
2013 4 0
2014 6 0
2015 2 0
2016 4 0
2017 4 0
2018 8 0
2019 6 0
2020 3 0
2021 13 0
2022 8 0
2023 9 0
2024 5 0
Jami 84 0

Yutuqlar

tahrir

Arsenal

  • Angliya kubogi: 2013–14[8], 2014–15[9]
  • FA hamjamiyat qalqoni: 2014[10]
  • Futbol Ligasi kubogi sohibi: 2010–11[11]

Yuventus

  • A Seriya: 2017–18, 2018–19, 2019–20[12]
  • Italiya kubogi: 2017–18, 2020–21, 2023–24[13]
  • Italiya Superkubogi: 2018, 2020[14]

Individual

  • Polshada yilning eng yangi futbolchisi: 2011[15]
  • Premyer-liga Oltin qoʻlqop sohibi: 2013/2014[16]
  • Lega A Seriyaning eng yaxshi darvozaboni: 2019–20[17]
  • A Seriyaning mavsum jamoasi aʼzosi: 2022–23[18]

Manbalar

tahrir
  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Poland“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Wojciech Szczęsny“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2020-yil 25-mart.
  3. „Szczesny“. Juventus. 2018-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.
  4. Sainz, Manu. „Ballon d'Or 2019: Yachine Trophy: the candidates for the award“. Diario AS (2019-yil 2-dekabr). 2019-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-dekabr.
  5. „Wojciech Szczesny“. ESPN. Qaraldi: 2013-yil 10-sentyabr.
  6. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named RBSW
  7. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Szczęsny, Wojciech
  8. McNulty, Phil „Arsenal 3–2 Hull City“. BBC Sport (2014-yil 17-may). Qaraldi: 2020-yil 25-mart.
  9. McNulty, Phil „Arsenal 4–0 Aston Villa“. BBC Sport (2015-yil 30-may). Qaraldi: 2020-yil 25-mart.
  10. Sanghera, Mandeep „Arsenal 3–0 Manchester City“. BBC Sport (2014-yil 10-avgust). Qaraldi: 2020-yil 25-mart.
  11. McNulty, Philip. „Arsenal 1–2 Birmingham“. BBC Sport (2011-yil 27-fevral). Qaraldi: 2024-yil 25-mart.
  12. Wojciech Szczęsny Soccerway saytida. Qaralgan sana: 27 July 2020.
  13. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named RBSW3
  14. „LA JUVENTUS VINCE LA COPPA ITALIA FRECCIAROSSA“ [JUVENTUS WINS THE FRECCIAROSSA ITALIAN CUP] (it). Lega Serie A (2024-yil 16-may). 2024-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
  15. „Laureaci“ (pl). pilkanozna.pl. Qaraldi: 2024-yil 21-iyun.
  16. „Wojciech Szczęsny: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 25-fevral.
  17. „Ronaldo MVP in Serie A Awards“. Football Italia (2019-yil 18-may). Qaraldi: 2019-yil 27-may.
  18. „EA Sports™ FIFA 23 Serie A Team of the Season“. Serie A (2023-yil 2-iyun). Qaraldi: 2023-yil 2-iyun.

Havolalar

tahrir


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/> tag was found