Wolfgang Pauli
Wolfgang Pauli (talaffuzi: Volfgang Pauli) (1900.25.4, Vena —1958.15.12, Syurix) — shveysariyalik nazariyotchi-fizik. Myunxen universitetini tugatgan (1921). Syurixdagi Oliy politexnika maktabi professor (1928-yildan), AQSHdagi Prinston institutida ishlagan (1940—46). Ilmiy ishlari kvant mexanika va maydon kvant nazariyasiga oid. Hozirgi zamon fizikasining asosiy prinsipi — Pauli prinsipini bayon etgan (1925). Ishqoriy metallardagi paramagnetizm hodisasini tushuntirib bergan (1927), neytrinoning mavjudligi toʻgʻrisida gipotezani ilgari surgan (1931). Uning yadro kuchining mezon nazariyasi toʻgʻrisida, nazariy fizikaning dolzarb masalalariga oid asarlari ham bor. Nobel mukofoti laureati (1945).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |