Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgan kun (anʼanaviy xit. língín pall) Xitoyning har yili 1-oktabrda nishonlanadigan asosiy davlat bayramidir.

Tyananmen maydonidagi xalq festivallari (2004)

Mao Tszedun 1949-yil 1-oktabrda Pekin shahrining Tyananmen maydonida boʻlib oʻtgan mitingda XXR tashkil topganini eʼlon qildi[1]. Oʻsha yil 2-dekabrda markaziy xalq hukumati 1-oktabrni milliy bayram deb eʼlon qilish toʻgʻrisida qarorni qabul qildi[2].

2008-yilda Makaodagi bayram plakatlari (Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgan kun Xalqaro yurish kuniga toʻgʻri kelgan)

1950-yillarda Tyananmen maydonida harbiy paradlar oʻtkazish[1] bayramning ajralmas qismiga aylangan edi. Biroq, mamlakat rahbariyati 1959-yildan boshlab harbiy texnikalarning ommaviy namoyishini faqat „dumaloq“ sanalarda oʻtkazishga qaror qildi. Mamlakatda amalga oshirilgan „madaniy inqilob“ esa harbiy paradlardan butunlay voz kechishga olib keldi. 1960-yillardagi shu sanada ommaviy mitinglar va namoyishlar oʻtkazilardi. Keyingi oʻn yillikda to 1978-yilgacha bogʻlarda tashkil etiladigan sayllarga almashtirildi. Shu yildan boshlab bayram tantanalari „dumaloq“ sanalarda oʻtkaziladigan boʻldi. Boshqa yillarda esa tantanali qabullar oʻtkazila boshlandi[1]. 1984-yilda XXRning 35 yilligi munosabati bilan „dumaloq sanalar“dagi harbiy paradlar oʻtkazish anʼanasi qayta tiklandi. Oxirgi harbiy parad 2009-yilda boʻlib oʻtdi. Unda Xitoy armiyasi safida boʻlgan eng yangi harbiy texnika[3] namunalari namoyish etildi.

1-oktabr sanasidan Xitoyda ikki „oltin hafta“ dan biri boshlanadi, 1-3-oktabrdagi bayram kunlari dam olish kunlari bilan birlashtiriladi. Shu bilan ommaviy dam olinadigan hafta boshlanadi. 1999-yildan mamlakatda sayohatni ragʻbatlantirish uchun shunday qarorga kelingan. Ushbu chora oʻz samarasini berdi va shu kuni sayohatga chiqish xitoyliklar orasida anʼanaga aylandi. Shu bois bu kun ularning sevimli bayramlaridan hisoblanadi. Xitoy shaharlaridagi koʻchalar tabiiy gullardan yasalgan ulkan kompozitsiyalar bilan bezatiladi, bayram sayllari tashkil etiladi. Mushakbozliklar uyushtiriladi. Mamlakatning bosh maydonida Mao Tszedun surati oʻrnatilai va tabrik soʻzlari bitilgan qizil plakatlar osiladi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Изменения в праздновании Национального дня.
    Этот шаблон использует устаревший параметр «название». Пожалуйста, отредактируйте эту статью, заменив «название» на «заглавие».
  2. National Day celebrated across China(ingl.) — Синьхуа, 01.10.2009.
  3. Kitay pokazal noveyshuyu voennuyu texniku — GZT.ru, 01.10.2009.

Havolalar

tahrir