Xabbl qonuni – koinotning uzluksiz kengayishi xususiyatini ifodalovchi qonun; 1929-yilda E.Xabbl taklif etgan. Bu kengayishning eng oddiy modeli bolalar sharini puflaganda uning kattalashishidir. Bunda shar sirtidagi boshlangʻich nuqtalar bir-biridan vaqt davomida uzoqlashib boradi. Kuzatuvchi shu nuqtalarning (galaktikalar toʻdasining) birida joylashgan, deb tushuntiradi. Galaktikalar toʻdalari va kvazarlarning bizdan uzoqligi R va uzoqlashish tezligi V orasidagi bogʻlanish quyidagicha ifodalanadi: V=HR; bunda N – Xabbl doimiysi. Xabbl qonuni katta masshtabda doimo oʻrinli, N doimiy fizik tabiatiga koʻra, vaqtga bogʻliq funksiya boʻlib, gravitatsion tortish kuchlari Koinot kengayishini sekinlashtirishi mumkin.

Xabbl qonuni amalda keng qoʻllanadi. Uning yordamida, xususan, bizning galaktikamizdan juda uzoqda joylashgan obyektlargacha boʻlgan masofa osonlik bilan aniqlanadi. Buning uchun obyektning spektridan uning qizilga siljishi qiymati topilib, yuqoridagi formuladan masofa qiymati hisoblanadi. Koinot galaktikalari, odatda, koʻproq toʻdalarni hosil qilib, ularga kirmaydiganlari (oʻz xususiy tezliklari boʻlgani uchun) Xabbl qonuniga taxminan 15% xatolik bilan boʻysunadi.

Manbalar

tahrir