Xakas tili
Xakas tili – turkiy tillardan biri boʻlib, asosan, Rossiya Federatsiyasining Xakasiya Respublikasida, Krasnoyarsk oʻlkasi va Tiva Respublikasining unga qoʻshni tumanlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 80 ming kishidan ortiq (XX asrning 90-yillari). Lahjalari: sagay, kalchin, kizil va shor; ulardan sagay va kalchin lahjalari adabiy tilga asos boʻlgan.
Xakas tili | |
---|---|
Milliy nomi | Хакас тілі, ранее Xakas tįlį, тадар тілі |
Mamlakatlar | Rossiya |
Rasmiylik holati | Xakasiya |
Mintaqalar | Xakasiya, Tuva, Krasnoyarsk oʻlkasi |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 42 604[1] |
Holati | Xakasiya Respublikasining davlat tili |
Turkumlanishi | |
Turkum | Yevroosiyo tillari |
Til oilasi | |
Alifbosi | kirill |
Til kodlari | |
ISO 639-3 | kjh |
Xakas tilining fonetika sohasidagi asosiy belgilari: 17 ta unli va 24 ta undosh mavjud; unlilarning choʻziq va qisqa variantlari bor. Asl xakas soʻzlaridagi undoshlarning qattiq va yumshoqligi unliga bogʻliq: orqa qator unlilari bilan doimo qattiq undoshlar, old qator unlilari bilan yumshoq undoshlar uygʻunlashadi. Bu hodisa fonematik darajada boʻlmaganligi sababli, variant undoshlar yozuvda aks etmaydi. Xakascha soʻzlar boshida jarangli undoshlar deyarli boʻlmaydi. Grammatikasi barcha turkiy tillardagi kabi belgilarga ega boʻlsada, ayrim yasovchi affikslarning qoʻllanishi, kelishiklar tizimi, ayrim feʼl shakllari jihatidan oʻziga xosliklarga ega. Leksikasida oz miqdorda arabcha va forscha, lekin anchagina ruscha va moʻgʻulcha oʻzlashmalar bor. Yozuvi 1926-yildan rus grafikasi, 1929-yildan lotin grafikasi va 1939-yildan yana rus grafikasi asosida shakllangan.
Xakas tili (xakascha xakas tili) – xakaslarning adabiy tili. Asosan Rossiya tarkibidagi Xakasiya Respublikasida rasmiy til maqomiga ega. Xakas tilida gaplashuvchilar soni 52 ming (2002 yil) kishi. Xakas tili turkiy tillarining sharqiy butogʻining xakas-oltoy guruhiga kiradi. Dialektlari: sagʻay, kachin, qizil. Adabiy tilining asosi sagʻay va kachin dialektlaridir. Alifbosi kirillchaga asoslangan.
Alifbosi
tahrir1924-yili kirill alifbosiga asoslandi, 1929-yildan boshlab lotin alifbosiga, 1939-yili qaytadan kirill alifbosiga oʻtdi.
Lotin alifbosi
tahrirA a | B b | C c | Ç ç | D d | Ә ә | F f | G g |
Ƣ ƣ | I i | Į į | J j | K k | L l | M m | N n |
Ņ ņ | O o | Ө ө | P p | R r | S s | Ş ş | T t |
U u | V v | X x | Y y | Z z | Ƶ ƶ |
Kirill alifbosi
tahrirA a | B b | V v | G g | Gʻ gʻ | D d | Ye e | Yo yo |
J j | Z z | I i | Y y | I i | K k | L l | M m |
N n | Ң ң | O o | Ö ö | P p | R r | S s | T t |
U u | Ӱ ӱ | F f | X x | Ts s | Ch ch | Ӌ ӌ | Sh sh |
Щ щ | Ъ ʼ | I i | E e | Yu yu | Ya ya |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |