Ogʻzaki drama, ogʻzaki dramaturgiya — xalq orasida yaratilgan, xalqqa namoyish etiladigan oʻyin-to-moshalar tarzidagi alohida folklor janri. Jahondagi barcha xalklarning yozma dramaturgiyasi Ogʻzaki dramadan boshlangan. Ogʻzaki drama xalq anʼanaviy teatri bilan chambarchas bogʻlangan hodda shakllanib rivoj topib kelgan. Uning matni anʼanaviy fabula va baʼzi barqaror dialoglar aso-sida ijro paytida toʻqilgan. Xalq Ogʻzaki drama tomoshalarining syujeti, odatda, sodda boʻlib, asosiy eʼtibor syujetga emas, vaziyatga, qahramonlarning xrlatiga qaratilgan, unda dialog va ijro paytida toʻqiladigan epizodlar muhim rol oʻynagan. Ayniqsa, hajviy dialogning ishlanishiga koʻp eʼtibor qilingan. Ogʻzaki drama tomoshabinlarni kuldiribgina qolmasdan, katta ijtimoiy va tarbiyaviy aqamiyatga ham ega boʻlgan.

Oʻzbek xalq Ogʻzaki dramasi oʻrta asrlarda masharabozlar va qoʻgʻirchoqbozlar sanʼati bilan bogʻliqholda maydonga kelib, katta taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. U professional masharabozlar, muqallidlar, qiziqchilar, qoʻgʻirchoqbozlar tomonidan badiha yoʻli bilan toʻqilgan. Ogʻzaki drama "Tanqid", "Muqallid", "Kulki-hikoya", "Qoʻgʻirchoq oʻyin" deb atalgan pyesalar turkumlarini oʻz ichiga oladi. Tematik jihatdan Ogʻzaki drama nihoyatda boy. Unda xalq turmushi, urf-odatlari, mehnati bilan bogʻliq boʻlgan voqealar ham oʻz aksini topadi. Ogʻzaki drama Oʻzbekistonda yozma professional dramaning yaratilishi va shakllanishida muhim rol oʻynadi. H. H. Niyoziy oʻz dramaturgiyasida, jumladan, "Tuhmatchilar jazosi", "Maysaraning ishi" komediyalarida xalq ijodining boshqa turlari qatori Ogʻzaki drama motivlari va tasviriy vositalaridan foydalangan. Ogʻzaki drama anʼanalarini mashhur qiziqchilar Yusufjon Shakarjonov, Berdiyor Diyorov, Oxunjon Huzurjonov, Hoji tamtamlar davom ettirib, sanʼ-at rivojiga muhim hissa qoʻshdilar.

Yevropa mamlakatlarida ham Ogʻzaki drama mehnat faoliyati bilan bogʻliq holda shakllangan. Uning asosini yil fasllarining almashishiga hamda dehqonchilik ishlariga bagʻishlangan oʻyinlar tash-kil etadi. Masalan, Gʻarbiy Yevropada qishni kuzatish bilan bogʻliq maslenitsa bay-ramlarida qish va yozning kurashi ram-ziy obrazlar orqali namoyish etilgan. Dastlab Germaniyada rivojlangan bu mavsumiy oʻyintomoshalar keyinchalik, 15 —16-asrlarda Italiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda ham tarqalgan. Ros-siyada Ogʻzaki drama 17 — 18-asrlarda paydo boʻlgan. Yevropa mamlakatlarida tarkalgan Ogʻzaki drama ham shu mamlakatlardagi milliy yozma dramaturgiya rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan (yana qarang Drama).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil