Xalq maslaxatchilari (Oʻzbekiston Respublikasida) - 1-instansiyada jinoyat va fuqarolik ishlarini koʻrishda katnashish uchun saylangan fuqarolar. Ish boʻyicha qaror chiqarishda sudya bilan teng xuquqqa ega. Odatda, ishni koʻrayotgan sud tarkibiga 2 nafar xalq maslahatchisi kiradi. Odil sudlovni amalga oshirishda fukarolar Xalq maslaxatchilari sifatida qatnashishi ularning fuqarolik burchi hisoblanadi. Sud tarkibida odil sudlovni amalga oshirishda Xalq maslaxatchilari mustaqiddirlar va fakat konunga boʻysunadilar. Xalq maslaxatchilarining suddagi faoliyatiga hech qanday aralashuvga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday aralashuv qonun boʻyicha javobgarlikka olib keladi. Sud tarkibida faoliyat koʻrsatayotgan davrda xalq maslahatchisi uning roziligisiz boʻshatilishi yoki boshqa ish joyiga oʻtkazilishi mumkin emas. Xalq maslaxatchilarining shaxsi daxlsizdir. Xalq maslaxatchilariga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin. Xalq maslaxatchilari 25 yoshdan kichik boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi orasidan turar joy yoki ish joyi boʻyicha fuqarolar yigʻinida ochiq ovoz berish orqali 2,5-yil muddatga saylanadi. Xalq maslaxatchilarining huquqiy maqomi Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻgʻrisida"gi (yangi tahriri) qonunida (2000-yil 14-dekabr) kursatib berilgan (62-modda)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME