Xalq qabulxonasi
Prezident Xalq qabulxonasi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28 dekabrdagi „Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PF-4904-sonli farmoni bilan tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tuzilma.[1]
Tashkil topishi
tahrir2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi qisqa davrdagi faoliyati davomida aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xoʻjalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar oʻrtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi. Tahlillar shuni koʻrsatdiki, murojaatlarning aksariyat qismi tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishiga xalaqit berayotgan toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish, qonunchilikka zid boʻlgan idoraviy qarorlarni bekor qilish, ishga joylashish, sogʻliqni saqlash, bank kreditlaridan erkin foydalanish, uy-joy-kommunal va yoʻl-transport xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining faoliyati yuzasidan kelib tushmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi faoliyati davlat organlarining murojaatlar bilan bogʻliq ishni tashkil etishda ularni koʻrib chiqish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sansalorlik holatlariga doir qator tizimli kamchiliklarni aniqladi. 2017-yil „Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili“ deb eʼlon qilingani munosabati bilan hamda aholining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ishi toʻgʻrisidagi koʻplab ijobiy fikrlarini eʼtiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida „Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak“ degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida tashkil topdi. [2]
Manbalar
tahrir- ↑ Lex.uz https://lex.uz/docs/-3089924
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
от Error: Invalid time.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |