Xalqaro birliklar tizimi
Xalqaro birliklar tizimi yoki SI (fransuzcha: Système International d’Unités) — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. 1960-yilda oʻlchov va tarozilar boʻyicha Parijda oʻtkazilgan 11-Bosh konferensiyada qabul qilingan. Xalqaro birliklar tizimini yettita asosiy birlik, ikkita qoʻshimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Asosiy birliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm (kg), vaqt birligi — soniya (s), termodinamik temperatura birligi — Kelvin (K), tok kuchi birligi — amper (A), yorugʻlik kuchi — sham, kandela (kd) va modda miqdori — mol (mol). Qoʻshimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy burchak birligi — steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy oʻlchov birliklaridan foydalanib maʼlum fizik qonuniyat asosida aniqlanadi. Bunda koeffitsiyent oʻlchamga ega emas va birga teng deb olinishi kerak.
Fizik kattalikning berilgan birliklar tizimidagi asosiy fizik kattaliklar oʻlchamlari bilan bogʻlanishi ifodasiga shu kattalikning oʻlchamliligi deb ataladi. SI tizimida asosiy kattaliklar uzunlik, massa, vaqt, elektr toki kuchi, termodinamik temperatura, yorugʻlik kuchi, modda miqdori oʻlchamliklari mos ravishda L, M, T, I, Q, J, L^ belgilari orqali ifodalanadi. Xalqaro birliklar tizimi fan va texnikaning barcha sohalarini oʻz ichiga kamrab oladi. Xalqaro birliklar tizimit.da mexanik, issiklik, elektr, magnit va boshqa kattaliklar oʻzaro bogʻlangan bo'ladi. Ushbu tizimning asosiy va hosilaviy birliklari amaliy oʻlchashlar uchun juda qulay hisoblanadi.
SI oʻlchov birliklari
tahrirAsosiy oʻlchov birliklar
tahrirKattalik | Birlik | ||||
---|---|---|---|---|---|
Nomlanishi | Oʻlcham belgisi | Nomlanishi | Belgilanishi | ||
Oʻzbekcha | fransuzcha/inglizcha | oʻzbekcha | xalqaro | ||
Uzunlik | L | metr | mètre/metre | m | |
Massa | M | kilogramm[1] | kilogramme/kilogram | kg | |
Vaqt | T | soniya | seconde/second | s | |
Tok kuchi | I | amper | ampère/ampere | A | |
Termodinamik harorat | Θ | kelvin | kelvin | K | |
Modda miqdori | N | mol | mole | mol | |
Yorugʻlik kuchi | J | kandela | candela | kd | cd |
Hosilaviy birliklar
tahrirHosilaviy birliklar asosiy oʻlchov birliklarini ustida oshirilgan matematik amallar natijasida yuzaga kelgan.
Kattaliklar | Oʻlchov birliklar | Belgilanishi | Ifodasi | ||
---|---|---|---|---|---|
oʻzbekcha nomlanishi | xalqaro nomlanishi | oʻzbekcha | xalqaro | ||
Yassi burchak | radian | radian | rad | m·m−1 = 1 | |
Hajmiy burchak | steradian | steradian | sr | m²·m−2 = 1 | |
Harorat (selsiy shkalasi boʻyicha) | Selsiy darajasi | degree Celsius | °C | K | |
Chastota | Gers | hertz | Gs | Hz | s−1 |
Kuch | Nyuton | newton | N | kg·m/s² | |
Energiya | joul | joule | J | N·m = kg·m²/s² | |
Quvvat | vatt | watt | Vt | W | J/s = kg·m²/s³ |
Bosim | Paskal | pascal | Pa | N/m² = kg·m−1·s−2 | |
Yorugʻlik oqimi | lumen | lumen | lm | kd·sr | |
Yorugʻlik | lyuks | lux | lk | lx | lm/m² = kd·sr·m−2 |
Elektr zaryadi | kulon | coulomb | Kl | C | A·s |
Potentsiallar farqi | volt | volt | V | J/Kl = kg·m²·s−3·A−1 | |
Elektr qarshiligi | om | ohm | Om | Ω | V/A = kg·m²·s−3·A−2 |
Elektr sigʻimi | farad | farad | F | Kl/V = kg−1·m−2·s4·A² | |
Magnit oqimi | veber | weber | Vb | Wb | kg·m²·s−2·A−1 |
Magnit induktivligi | tesla | tesla | T | Vb/m² = kg·s−2·A−1 | |
Induktivlik | genri | henry | Gn | H | kg·m²·s−2·A−2 |
Elektr o'tkazuvchanlik | simens | siemens | Sm | Om−1 = kg−1·m−2·s³A² | |
Radioaktivlik | bekkerel | becquerel | Bk | Bq | s−1 |
Kuchaytirilgan doza ionlashgan nurlanish | grey | gray | Gr | Gy | J/kg = m²/s² |
Samarali doza ionlashgan nurlanish | zivert | sievert | Zv | Sv | J/kg = m²/s² |
Katalizator shiddati | katal | katal | kat | mol·s−1 |
SI ga kirmaydigan oʻlchov birliklari
tahrirSI ga kirmaydigan baʼzi bir oʻlchov birliklari, Oʻlchashlar bosh konferentsiyasi qarori bilan „SI bilan birgalikda qoʻllanishi mumkin“.
Oʻlchov birliklari | Xalqaro nomlanishi | Belgilanishi | SI oʻlchov birliklarida | |
---|---|---|---|---|
oʻzbekcha | xalqaro | |||
daqiqa | minute | min | min | 60 s |
soat | hour | soat | h | 60 min = 3600 s |
sutka | day | sut | d | 24 soat = 86 400 s |
gradus | degree | ° | ° | (π/180) rad |
burchak minuti | minute | ′ | ′ | (1/60)° = (π/10 800) |
burchak sekundi | second | ″ | ″ | (1/60)′ = (π/648 000) |
litr | litre (liter) | L | l, L | 1/1000 m³ |
Tonna | tonne | t | t | 1000 kg |
neper | neper | Np | Np | |
bel | bel | B | B | |
elektronvolt | electronvolt | eV | eV | ≈1,60217733 10−19 J |
massaning atom birligi | unified atomic mass unit | a. e. m. | u | ≈1,6605402 10−27 kg |
astronomik birlik | astronomical unit | a. birl. | ua | ≈1,49597870691 1011 m |
dengiz mili | nautical mile | mil | 1852 m (aniq) | |
uzel | knot | uz | 1 soatda bosib oʻtilgan 1 dengiz mili = (1852/3600) m/s | |
ar | are | a | a | 10² m² |
gektar | hectare | ga | ha | 104 m² |
bar | bar | bar | bar | 105 Pa |
angstrem | ångström | Å | Å | 10−10 m |
barn | barn | b | b | 10−28 m² |
Havolalar
tahrir- SI brochure Xalqaro oʻlchovlar va ogʻirliklar byurosining saytida SIning tavsifi.
- GOST 8.417-2002. (Wayback Machine saytida 2013-08-05 sanasida arxivlangan)
- Bir birlikdan boshqasiga oʻtuvchi kalkulyatorlar toʻplami.
Manbalar
tahrir- ↑ Po istoricheskim prichinam, nazvanie „kilogramm“ uje soderjit desyatichnuyu pristavku „kilo“, poetomu kratnie i dolnie edinitsi obrazuyut, prisoedinyaya standartnie приставки СИ k naimenovaniyu ili oboznacheniyu edinitsi izmereniya „грамм“ (kotoraya v SI sama yavlyaetsya dolnoy: 1 g = 10−3 kg).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |