Xalqaro alpinistlar assosiasiyalari ittifoqi
Xalqaro alpinistlar assosiasiyalari ittifoqi (fransuzcha: Union Internationale des Associations d'Alpinisme — UIAA) — dunyoning 76 mamlakatidan 88 ta milliy alpinizm birlashma va tashkilotlari (federasiyalar, assosiasiyalar, klublar) bo‘lib, u butun dunyo bo‘ylab millionlab alpinistlarni jamlaydi. UIAAning bosh qarorgohi Bern shahrida (Shveysariya) joylashgan. Xalqaro alpinizm assosiasiyalari ittifoqi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan alpinizmning rasmiy tashkiloti sifatida tan olingan.
Turi | Alpinizm |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 1932-yil |
Joylashuvi | Bern Shveysariya |
Prezident | Peter Muir |
Vebsayti | theuiaa.org |
Tarixi
tahrirXalqaro alpinistlar assosiasiyalari ittifoqi 1932-yilda Shamoni shahrida (Fransiya) 18 ta milliy alpinistlar birlashmalari tomonidan tashkil etilgan. Uni vujudga kelishida yangi tashkilotning asosiy vazifalari ishlab chiqildi:
- Yoshlar o‘rtasida alpinizmni rivojlantirish
- Xalqaro standartlarni ishlab chiqish
- Xavfsizlik bo‘yicha samaradorlikni oshirish
- Atrof-muhitni muhofaza qilish
Bugungi kunda UIAA Butunjahondada umume’tirof etilgan tashkilot bo‘lib, alpinizm bilan bog‘liq, chang‘i alpinizmi, qoyaga ko‘tarilish, muzlikka ko‘tarilish va boshqa shunga o‘xshash faoliyat bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha ekspert hisoblanadi.
1997-yilda qoyaga chiqishga muhim avtonomiya berish va uni yanada rivojlantirish uchun zarur anjomlar bilan ta’minlash maqsadida Xalqaro alpinistlar assosiasiyalari ittifoqi (UIAA) tarkibida yangi tuzilma - Xalqaro qoyaga chiqish kengashi (ICC) shakllantirildi. 2006-yilda UIAA qoyaga ko‘tarilish sporti boshqaruvini to‘xtatish va bu sport turini boshqarish uchun mustaqil xalqaro federasiyani tashkil etishni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. 2007-yil 27-yanvarda Frankfurtda (Germaniya) 68 ta federasiyalar tashkil etilgan Xalqaro qoyaga ko‘tarilish sport federasiyasi ( IFSC) tarkibiga kirdilar. Yangi xalqaro federasiyaning Farmon va Nizomi bir ovozdan qabul qilindi va federasiya o‘z faoliyatini boshladi.
Ittifoqni tashkil etuvchi milliy alpinistlar tashkilotlari soni muntazam ravishda ortib bormoqda va bugungi kunda ular 76 mamlakatdan 2,5 milliondan ortiq alpinistlarni, shuningdek, o‘n millionlab boshqa manfaatdor ishtirokchilarni ifodalovchi 88 tashkilotni o‘z ichiga oladi. Uyushma faoliyati a’zolik badallari hisobidan moliyalashtiriladi.
Asosiy yo‘nalish faoliyati
tahrirUIAA faoliyati, birinchi navbatda, sho‘ba tashkilotlarning ko‘ngilli-mutaxassislar guruhlariga asoslanadi. Har bir ishchi guruhning o‘ziga xos ixtisosligi mavjud. Ushbu guruhlar quyida tavsiflangan tashkilotning strategik maqsadlari belgilangan yo‘nalish bo‘yicha hamjihatlikda faoliyat olib boradi.
Sport anjomlari
tahrirTog‘larda xavfsiz bo‘lish uchun alpinistlarga yaxshi va ishonchli sport anjomlari kerak bo‘ladi. UIAA da Xavfsizlik komissiyasi mavjud bo‘lib, u alpinistlar anjomlari xavfsizligi uchun birinchi doimiy me’yorlarni ishlab chiqadi. Ushbu me’yorlar yagona xalqaro standartlar bo‘lib, Yevropa Ittifoqi tomonidan ichki standartlar sifatida qabul qilingan. UIAA xavfsizlik standartlariga javob beradigan sport anjomlari ishlab chiqaruvchilari UIAA xavfsizlik yorlig‘ini (UIAA Safety Label) olishlari mumkin.
Xalqaro musobaqalar
tahrirUIAA quyidagi turdagi xalqaro musobaqalarni tashkil qiluvchi, rivojlantiruvchi va tartibga soluvchi xalqaro bo‘limlar mavjud:
- Muzlikka ko‘tarilish (Ice Climbing)
- Ski-alpinizm (Ski Mountaineering)
- Qoyaga chiqish (2007-yilda ICC negizida Xalqaro qoyaga chiqish federasiyasi tashkil etilishidan oldin)
Ushbu yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha musobaqalar halollik, doping ishlatmaslik va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi tamoyillarga asoslangan o‘z qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi. Har bir tur uchun Jahon kubogi, Jahon chempionati, qit’a chempionatlari va yoshlar uchun turlicha xalqaro tadbirlar taqvimi mavjud.
Tibbiyot
tahrirHar bir sport turida bo‘lganidek, ayniqsa, o‘z kuchi va tafakkuriga tayanib ish ko‘riladigan alpinistlarga chekka joylarda tibbiy tomondan oldini olish va yordam berish kerak. Xususan, muzlash va balandlikdan kelib chiqadigan o‘tkir tog‘ kasalligi xavfi tog‘larda spesifik muammolardan biri sanaladi. Tibbiy komissiya (Medical Commission) alpinist lar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish va davolashg bilan tibbiyot mutaxassislarining eng yirik xalqaro guruhi shug‘ullanadi.
Xavfsizlik va ta’lim
tahrirTog‘ sporti bilan shug‘ullanayotganda, ular bilan bog‘liq xavfli vaziyat va choralarni anglamog‘i kerak. Shu bois rahbar va instruktorlar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishlari kerak. Alpinizm komissiyasi (Mountaineering Commission) tog‘larda to‘g‘ri xulq-atvor bo‘yicha zamonaviy bilimlarni targ‘ib qiladi va ma’lumotni barcha mintaqalarda tushunarli bo‘lishi uchun birlashtirishga yordam beradi, masalan, muz ko‘chkisi xavfining xalqaro miqyosi va marshrutlarning standart tavsifi. Ushbu komissiya, shuningdek, rahbar va instruktorlarni tayyorlash va baholashning xalqaro standartlarini joriy qiladi.
Yoshlar
tahrirHar qanday sportning kelajagi — yoshlar qo‘lida bo‘lib, ular ko‘pgina sport turlari ijtimoiy, ta’lim va jismoniy rivojlanishga juda katta hissa qo‘shadi. Yoshlar bo‘yicha komissiya (Youth Commission) xalqaro yoshlar dasturlari bilan shug‘ullanishadi. Ushbu ish bolalarni himoya qilish, teng imkoniyatlarni ta’minlash, shuningdek, yoshlarni hamkorlik va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan.
Havolalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |