Xalqaro boks assosiasiyasi
Xalqaro boks assosiasiyasi (inglizcha: International Boxing Association), qisqartma shakli (AIBA) — Bokschilar federasiyasi milliy assosiasiyasi 1920-yil 24-avgustda tashkil etilgan.
Turi | Xalqaro sportfederasiyasi |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 1946-yil |
Joylashuvi | Lozanna |
Prezident | Umar Kremlev |
Vebsayti | www.iba.sport |
Nomlanishi:
- Xalqaro havaskor bokschilar federasiyasi — (fr. Fédération Internationale de Boxe Amateur, FIBA) 1920-yil 24-avgust;
- Xalqaro havaskor boks assosiasiyasi (ingliz. Amateur International Boxing Association, AIBA) 1946-yil 28-noyabr;
- 2007-yil 22-noyabrda AIBA reforma doirasida hozirgisiga oʻzgartirildi, biroq qisqartirilgan nomi oʻzgarishsiz qolishiga qaror qilindi.
- 2021-yil 12-dekabrda Xalqaro boks assosiasiyasining navbatdan tashqari Kongressi tashkilotning yangi qisqartmasi – IBA ni tasdiqladi[1].
- 2022-yil 14-mayda Umar Kremlev XBA prezidenti etib qayta saylandi.
Tarixi
tahrirAIBA 1920-yil 24-avgustda Antverpen Olimpiadasi vaqtida Xalqaro havaskor boks federasiyasi (FIBA) sifatida tashkil etilgan[2].
FIBA 1946-yilda tugatilgan. Angliya havaskor boks assosiasiyasi Fransiya boks federasiyasi bilan birgalikda Xalqaro havaskor boks assosiasiyasini (AIBA) tuzdi. Assosiasiya prezidenti etib Emil Gremo[3] saylandi.
2010-yilda WSB yarim professional boks ligasi tashkil etildi.
2017-yilning dekabrida XOQ Vu Ching Kuo boshqaruvidagi AIBA taqdiridan xavotir olayotgan edi. Keyinchalik tashkilot tomonidan u umrbod ishdan chetlashtirildi[4].
2019-yilda XOQ (Xalqaro olimpiada qoʻmitasi) AIBA faoliyatiga chek qoʻyilishini va Olimpiada oʻyinlaridan chetlashtirish uchun ovoz berdi[5].
2020-yil 12-dekabr sanasida Umar Nazarovich Kremlev 57,33% ovoz bilan Xalqaro boks assosiasiyasi prezidenti etib saylandi[6]. Xuddi shu yili AIBA islohot jarayonini boshladi[7]. Beshta yangi qoʻmita tuzildi: murabbiylar qoʻmitasi, chempion va faxriylar qoʻmitasi, Musobaqalar qoʻmitasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, tibbiyot va antidoping qoʻmitasi[8]. Islohotlar jarayonida AIBA havaskor boksda erkaklar va ayollar uchun vazn toifalari sonini mos ravishda 13 va 12 taga oshirdi[9]. Jahon chempionatining mukofot puli oltin uchun 100 000 dollar, kumush uchun 50 000 dollar va bronza uchun 25 000 dollar qilib belgilandi[10]. Milliy federasiyalarga moliyaviy yordam dasturi ham joriy etildi.
2020-yil 13-dekabrda AIBA yangi konstitusiyani qabul qildi[11].
2021-yilda Istvan Kovachs AIBA bosh kotibi etib tayinlandi[12]. Shuningdek, bu yil professor Ulrix Xaas AIBA boshqaruv tizimini isloh qilish boʻyicha mustaqil guruhga raislik qildi[13].
2021-yil 7-aprelda AIBA Gazprom bilan hamkorlik shartnomasini tuzdi, natijada Rossiya kompaniyasi tashkilotning bosh hamkori maqomini oldi[14].
2021-yil 28-may kuni AIBA CISM Xalqaro harbiy sport kengashi bilan shartnoma imzoladi[15]. Xuddi shu yili tashkilot ITA xalqaro doping-test agentligi bilan ham bitim imzolandi[16].
AIBA buyurtmasi bilan 2016-yilgi Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlaridagi janglar natijalarini manipulyasiya qilish faktlarini aniqlash maqsadida kanadalik advokat Richard Maklaren tayinlandi va u tergov ishlarini olib borgan edi[17].
2021-yilda AIBA barcha qarzlaridan qutuldi, jumladan, Ozarbayjonning Benkons LLC kompaniyasining 10 million dollarlik qarzini ham toʻlab berdi[18].
Prezidentlar
tahrir- Gremo, Emil (Fransiya), 1946—1959
- podpolkovnik, Redyard Rassell (Buyuk Britaniya), 1962—1978
- polkovnik, Don Xall (AQSH), 1978—1986
- Anvar Chaudri (Pokiston), 1986—2006
- Kaner Doganeli (Turkiya), 2006, vazifa bajaruvchi
- U Ching-Kuo (Tayvan), 2006—2017
- Gʻofur Rahimov (Oʻzbekiston), 2017—2019
- Moxamed Mustasan (Marokko), 2019—2020., vazifa bajaruvchi
- Umar Nazarovich Kremlyov, 2020—x. v.
Manbalar
tahrir- ↑ „AIBA Becomes IBA As Extraordinary Congress Embraces Widespread Reform“ (en-US). AIBA (2021-yil 13-dekabr). 2021-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-dekabr.
- ↑ „Международная ассоциация бокса будет судить на спортивных играх "Дети Азии" в Якутске“. interfax-russia.ru. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „THE OLYMPIC FAMILY“. library. 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-avgust.
- ↑ „Boxing faces being expelled from Olympic programme at Tokyo 2020 after Interim President with links to organised crime chosen to lead AIBA“. insidethegames.biz. 2020-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „МОК запретил AIBA заниматься Олимпиадой в Токио“. akboxing.ru. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Кремлев избран президентом Международной ассоциации бокса“. ТАСС. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Международная ассоциация бокса проводит реформы по вопросам, упомянутым в письме МОК“. ТАСС. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Пять новых комитетов созданы в AIBA“. rsport.ria.ru. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „AIBA увеличила число весовых категорий в любительском боксе“. rsport.ria.ru. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „AIBA увеличила количество весовых категорий в любительском боксе“. russian.rt.com. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Международная ассоциация бокса приняла новую конституцию для возвращения в состав МОК“. ТАСС. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Olympics gold medallist boxer István Kovács appointed as AIBA Secretary-General“. www.sportsindiashow.com. 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „CHANGING COURSE AND ROUSING HOPE: THE NEW FACE OF AIBA“. www.eurosport.com. 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „"Газпром" стал генеральным партнером Международной ассоциации бокса“. ТАСС. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „CISM & AIBA Sign The Historical Agreement“. milsport.one. 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „AIBA и ITA договорились о реализации образовательной антидопинговой программы“. ТАСС. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Сбой с судьями“. Коммерсантъ. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „AIBA рассчиталась с долгами“. Коммерсантъ. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.