Xalqaro fonetik alifbo (inglizcha: International Phonetic Alphabet, IPA; fransuzcha: Alphabet phonétique international, API) lotin alifbosi asosidagi transkripsiyalar yozilmasi uchun belgilar sistemasidir. Xalqaro fonetika assotsiatsiyasi tomonidan hozirlangan va dastaklanadi. XFAdan chet tili oʻqituvchilari va talabalari, tilshunoslar, logopedlar, qoʻshiqchilar, aktyorlar, leksikograflar va tarjimonlar foydalanishadi.

Xalqaro fonetik alifbo (inglizcha, 2020-yil)

Harflar

tahrir

Xalqaro fonetika assotsiatsiya barcha harflarni uch gruhga bo'ladi: pulmonik undoshlar, nopulmonik undoshlar, unlilar.

Pulmonik undoshlar

tahrir

Pulmonik undoshlar ovoz yo'lining berkilishi va nafas chiqarish orqali hosil qilinadigan undoshlar. Pulmonik undoshlar inson tillari va XFAning katta qismini tashkil qiladi. O'zbek, Ingliz, Rus tillaridagi barcha undoshlar aynan shunday. Pulmonik undoshlar jadvalga bittadan yoki juft (oldin jarangsiz keyin jarangli) qilib joylashtirilgan, so'ngra harflar yasalish joyiga qarab ustunchalarga birlashtiriladi: oldingilardan (labial) orqa (glottal) undoshlargacha. Yasalish usuliga qarab harflar qatorlarga joylashtiriladi. To'liq berkilganlardan tortib (burun undoshlari) deyarli berkilmagan undoshlargacha (aproksimantlar).

Yasalish joyi → Lab (Labial) Til oldi (Koronal) Til orqa (Dorsal) Laringal
Lab-lab (bilabial) Lab-tish Tish (dental) Alveolar Ort alveolar Retrofleks Palatal Velar Uvular Faringal Epiglotal Glotal
Yasalish usuli ↓
Burun m̥ m ɱ̊ ɱ n̥ n ɳ̊ ɳ ɲ̊ ɲ ŋ̊ ŋ ɴ̥ ɴ
Portlovchi p b p̪ b̪ t d ʈ ɖ c ɟ k ɡ q ɢ ʡ ʔ
Shipildoq s z ʃ ʒ ʂ ʐ ɕ ʑ
Sirg'aluvchi ɸ β f v θ ð θ̠ ð̠ ɹ̠̊˔ ɹ̠˔ ɻ̝̊ ɻ̝ ç ʝ x ɣ χ ʁ ħ ʕ h ɦ
Approksimant ʋ ɹ ɻ j ɰ ʔ̞
Zarbli ⱱ̟ ɾ̥ ɾ ɽ̊ ɽ ɢ̆ ʡ̆
Titroq ʙ̥ ʙ r̥ r ɽ͡r̥ ɽ͢r ʀ̥ ʀ ʜ ʢ
Yon sirg'aluvchi ɬ ɮ ꞎ ɭ˔ ʎ̥˔ ʎ̝ 𝼄 ʟ̝
Yon approksimant l ɭ ʎ ʟ ʟ̠
Yon zarbli ɺ̥ ɺ 𝼈̊ ɺ̢ ʎ̆ ʟ̆

Nopulmonik undoshlar

tahrir

Nopulmonik undoshlar nafas chiqishi bilan bog'liq bo'lmagan undoshlar. Uch gruhga bo'linadi: qarsli (kliklar, Afrikaning koysan va bantu tillarida mavjud), imploziv ( vyetnam va suaxili kabi tillarda uchraydi), abruptiv (ko'pchilik kavkaz va amerind tillarida uchraydi).

Yana qarang

Havolalar

tahrir

Ovozli fayllar

tahrir

black

hrr