Xalqaro huquqda ayollar huquqi tarixi va bosqichlari – Ayollar huquqi qadimdan boshlab hozirgi kungacha dolzarb masalalardan biri boʻlib kelmoqda. Uning nomi aynan shunday atalmagan boʻlsa- da, mazmuni jihatidan hozirgi kunga ham mos boʻlgan. Ayollar, xotin-qizlarning huquqi va erkinlikarini shakllanish jarayoni uzoq davom etgan. Bronza davrigacha boʻlgan matriarxat davrida, davlatlar paydo boʻlib rijovlana boshlaganida, davlatlarning ichki siyosatida, xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va boshqa jarayonlarda bu masala namoyon boʻlgan. Har bir narsa tarixga borib taqalganidek, ayollaring huquqlari ham qadimgi zamonlardan boshlanadi. Eramizdan avvalgi, yaʼni matriarxat davrida ayollarning oʻrni erkaklarnikidan ham yuqori boʻlgani tarixdan maʼlum. Ammo nima uchun? degan savolga javob beradigan boʻlsak, birinchi navbatda, ayollar oilaning boshligʻi sifatida qaralgan. Ular oilaning moddiy taʼminoti, farzandlarni tarbiyalash va umuman olganda qabilalarning boshligʻlari sifatida ibtidoiy jamoa tuzimida vazifalari boʻlgan. Ammo nima uchun matriarxatdan kechildi? Avvalambor, mezolit davridan boshlab, hayvonlarni ovlash boshlandi. Ovlash zaruriyati natijasida mehnat qurollari vujudga keldi. Aniqki, ayollar biologik jihatdan ham erkaklarga nisbatan ojiz jon hisoblanadi, mehnat qurollari takomillashuvi va ularning qoʻpollashuvi natijasida esa ularga mos boʻlmagan vazifalar ularga ogʻirlik qilgan va shuning natijasida erkaklarning oiladagi roli ortib boravergan va patriarxat davri boshlangan. Zamon rivojlana borgan sari, ayollarning huquqlari tobora cheklana borgan. Bunga misol tariqasida miloddan avvalgi II mingyillikda tashkil topgan Yunoniston, yoki miloddan avvalgi VIII asrda tashkil topgan Rim davlatidagi qonunchilikni misol qilib olsak boʻladi. Eng muhim davlat hayotiga oid boʻlgan masalalarni hal qilish vakolatiga ega boʻlgan xalq majlislarida faqat 25 yoshga toʻlgan erkaklargina ishtirok eta olgan, boshqa siyosiy lavozimlarga ham ayollarning saylanishi cheklangan. Ayollar past tabaqali inson sifatida qaralgan. Bunga isbot tariqasida miloddan avvalgi I asrda yashab oʻtgan mimik shoirning „Xudo ayolni yaratib, muammolarni yaratdi“. Yaʼni ayolga ongi erkaklarnikidek rivojlanmagan jonzotga qiyoslangan holda muomala qilinagan, Oʻrta asrlarda ham bu ahvol yaxshilanmagan. Ayollar turli minataqalarda turli huquqlari cheklangan va ularga turlicha qaralgan. Islom dinining kirib kelishi va boshqa dinlarning ham rivojlanishi natijasida har bir din oʻz qarashlariga koʻra ayollarga munosabat bildirgan. X asrda xristian cherkovi tomonidan ayollarning majburiyatlari belgilanib berilgan va ulardan eng asosiysi, bu uyda oʻz farzandlarini tarbiyalash va turmush oʻrtogʻiga itoat etish hisoblangan. Yaʼni „Ayollarning joyi bu-uy“ degan ibora keltirib chiqarilgan. Vaqt oʻtgan sari, munosabat oʻzgargan.albatta, ammo huquqlar cheklanib qolavergan. Yangi davrga oʻtishdan oldin ham mashhur olimlar tomonidan ayollarga quyidagicha taʼrif berib oʻtilgan: „Xudo ayollarni faqat erkaklarni bezatib turishi uchun yaratgan“ Volter(1694- 1778) Ammo ularga aksincha, ijobiy tomondan yondashgan olimlar ham yoʻq emas, dunyoning turli mintaqalarida bu qarashlar turlicha boʻlgan, ayniqsa Yevropa va Osiyo mamlakatlari madaniyati bunda alohida ahamiyat kasb etgan. Rivojlangan oʻrta asrlarda ham erkaklarda mavjud huquqlar ayollarga berilmas edi. Bunga misol qilib, saylov, taʼlim olish, meros olish, mehnat qilish, ijod va faoliyat erkinligi, soʻz erkinligi kabilar misol boʻla oladi. Fransiyada turmushga chiqqan ayollarning hayoti ularning umr yoʻldoshlariga bogʻliq boʻlib qolgan. Ular shartnomalar imzolashi, oʻz nomiga qarz yoki har qanday turdagi pul olishi, sudlarda guvoh sifatida ishtirok eta olishi mumkin boʻlmagan. Yangi davr. Ayollar oʻz haq-huquqlarini himoya qilib chiqqan eng mashhur harakatlar davri. XIX asrning oxiri XX asrning boshiga kelib, xotin-qizlar ular erkaklardan kam emasligini, gender tengligi kabi gʻoyalarni ilgari surish taklifini keltirib chiqarishgan. Eng katta harakatlardan biri bu „Suffragistlar“ harakati deb nomlangan Buyuk Britaniyada boʻlib oʻtgan kurash hisoblanadi. „Suffrage“-soʻzi fransuzcha boʻlib, saylov huquqi degan maʼnoni anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, suffragistlar bu saylov huquqi uchun kurashgan ayollardir. Harakatning boshlanishiga nima sabab boʻldi? Birinchidan, Yangi Zellandiyada 1893-yil yangi qonun qabul qilindi, va ushbu qonunga koʻra 21 yoshdan oshgan barcha ayollarga saylov huquqi berildi.2 Yangi Zellandiyaga bu huquq berilib, Angliyaga berilmasligi ayollarning gʻazabini keltirdi va 1903-yil Emily Pankhurst boshchiligida ayollarning saylov huquqi uchun kurashadigan „Ayollarning sotsial-siyosiy uyushmasi“ vujudga keldi. Bu paytda Buyuk Britaniyani konservatorlar boshqarar, va ularga bu masalani taklifini berish qiyinchilik vujudga keltirar edi, 10 yil konservatorlarning boshqaruvidan keyin liberalarning kelishi aniq edi, shuning uchun ham ular liberallarga taʼsir oʻtkzishga harakat qilishdi. Suffragistlar orasida turli qatlam vakillarini ichiga olgan ayollar tashkil qilar edi, ularning orasida uy bekalaridan boshlab oʻqituvchilar, yuqori daromadli kasb egalari va hatto yagona yurist ayol- Emily Pankhurstning qizi, Christabell Pankhurst ham bor edi. Ular dastlab oʻz huquqlari uchun kurashni tinch yoʻl bilan boshlashdi. Hokimiyatga kelish arafasida turgan liberallar orasida Uinston Cherchill ham bor edi. Ayollar unga bu masalani kiritish taklifini qoʻyishni partiyaning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblashligini soʻragan taqdirda ham, Cherchillning oʻzi ham shuning tarafdori boʻlgan boʻlsa ham, hali ayollarning saylov huquqiga ega emasligi, va agar bu masala koʻtarilsa-yu qoʻllab quvvatlanmasa, liberallar yutqazishi mumkin, deb hisoblab masala kiritilmagan. Nihoyat, 1905-yil liberallar saylovlarda yutib chiqishdi, lekin suffragistlarning takliflari koʻrib chiqilmadi. Ular atayin vaqtni kerak emas masalalar bilan uzaytirishar, ularning masalasiga kelganda esa, xuddi vaqt yetmaganidek, tashlab qoʻyishar edi. Buni tushunib yetgan suffragist ayollar tinch yoʻl orqali erishib boʻlmasligini, endi boshqa yoʻllar izlash kerakligini anglagan holda, Westminster (parlament) binolariga kirib, ularning majlislarida oʻz fikrlarini ifodalamoqchi boʻlishdi. Ammo ularni binoning darvozalaridan ichkari kirgazishmadi. Oʻz haq-huquqlarini va qonunlarni bilgan Christabell Pankhurst ichki ishlar hodimiga hujum qilish oqali, oʻzining murojaatlarini yetkazish mumkinligini tushunib yetdi va shunday boʻldi ham. Birin-ketin ayollar huquqbuzarliklar qilib, sudning qaroriga asosan ozodlikdan mahrum etildi. Ammo ular shu orqali, gazetalarda oʻzlarining murojaatlarini nafaqat parlament deputatlariga, balki xalqqa ham yetkazishdi. Ularning asosiy shioriga mos ravishda „Gapda emas, amalda“ kurash qanday boʻlishini koʻrsatib berishdi. Qamoqda ham ular baykotlar eʼlon qilar, ularning qamodan chiqishi esa katta ziyofat bila kutib olinar edi. Shu tariqa ularning safi kengaya bordi. Ammo shuncha harakat deputatlarning fikrini oʻzgartira olmadi. Saylov huquqi ularga berilmadi. Oradan deyarli 10 yil oʻtar ekan, birinchi jahon urushi arafasida suffragistlar harakati toʻxtatildi. Urush nihoyasiga yetgach esa, „Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi 1918-yilgi qonun“ qabul qilindi. Unga koʻra, 30 yoshdan oshgan va mulk senzi bilan

cheklangan ayollarga saylov huquqi berildi. Ammo, oradan 10 yil oʻtkandan keyin ayollar „Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi 1928-yilgi qaror“ ga koʻra 21 yoshdan oshgan barcha ayollar saylov huquqiga ega boʻldi. Yaʼni bundan shunday xulosa chiqazish mumkinki, maqsadga erishish qanchalik qiyin boʻlmasin, harakat bilan unga erishish imkoniyati bor, buning uchun xohish, kuchli matonat va baʼzida vaqt kerak boʻladi. Bundan tashqari, ayollarning huquqini himoya qilib chiqadigan insonlar feministlar deyiladi. Xoʻsh, feminizm atamasining kelib chiqish tarixi qanday? Feminizm bu-jamiyatning barcha sohalarida ayollar huquqi harakatini tushuntiruvchi atama boʻlib, uning maqsadi ayollarga nisbatan kamsitishni bartaraf etishdir. Ushbu harakat XVIII asrda klassik liberalizm toʻlqinida paydo boʻlgan, ammo, 1960-yillarning oxiridan boshlab faollashgan. Nazariy asoslarga tayanib, erkaklar statusiga teng boʻlmagan ayollarning quyi va ijtimoiy mavqeini va ayollarning ozodlik gʻoyasini, qoʻllab-quvvatlaydiganlarga feministlar deyiladi. Ular mavjud ijtimoiy munosabatlarni tanqid qilib, gender tengsizligini tahlil qilish orqali ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga urgʻu beradi.3 Burjua munosabatlarining paydo boʻlishi oqibatida feodal jamiyatning qulashi paytida feministik gʻoyalarning tarqalishi uchun shart-sharoitlar paydo boʻldi va ayollarni ish bilan taʼminlash, ularni ish egalariga aylantirish davri boshlandi. Italiyalik Izotta Nogarolla, Laura Chereta, Kristina Piza yozuvchilarning paydo boʻlishini feministik gʻoyalarning tarqalishi bilan bogʻlaydigan nuqtai nazar mavjud. Shuningdek bu nazariya, Angliyada ayollar huquqlarining birinchi himoyachilari deb ataladigan Afra Benn va Meri Estelning faoliyatini ham oʻz ichiga oladi. Ular ayolni erkak kabi erkin va toʻlaqonli deb hisoblash huquqini himoya qildilar. Shuningdek, fransuz yozuvchisi Fransua Pullen de La Barr oʻzining „Ikkala jinsning tengligi toʻgʻrisida“ (de l'égalité des deux sexes, discours physique et moral où l’on voit l’importance de se défaire des préjugez, 1673)nomli maqolasida ayollarning tengsizligi „tabiat qoidalari“ emas, bu ularning qoʻpol erkak kuchlariga boʻysunishining natijasi haqida yozgan4 XVIII asrning boshi – gender tengligi gʻoyasidan voz kechish davri; bu davrda ayniqsa ayollarning „zaifligi“ („zaif jinsligi“) ni kultivatsiya qilish gʻoyasi mashhur boʻldi. Ammo XVIII asrning oʻrtalariga kelib, fransuz maʼrifatchilari feministik gʻoyalarni qayta tiklashga hissa qoʻshdilar: Montesquieu ayollar jamoat hayotida ishtirok etishi kerak degan; Helvetius fuqarolik „ayollarning uquvsizligi uning nuqsonli va notoʻgʻri tarbiyalanganining natijasidir“, deb taʼkidladi. XVIII asr davomida Yevropa mamlakatlarining ayollari jamiyatda faol ishtirok eta boshladilar. Koʻp sonli ayollar iqtisodiy mustaqillikka ega boʻlishdi; jamiyat xonimlari siyosatga aralashishga harakat qilishdi. Ayollar hayotidagi fuqarolik huquqlarini tan olinishini soʻrashdi: taʼlim, mehnat, oila va jamiyatdagi hurmat. AQShda birinchi amerikalik feminist Abigail Smith Adams hisoblanadi. U mashhur iboralari orqali tarixga kiritildi: „Bizning qiziqishlarimizga qaramagan hukumatga va bizning ishtirokimissiz qabul qiligan hokimiyatning qonunlariga boʻysunmaymiz5“. Ayollar vatanparvarlik jamiyati tashkil etilganida 1812- yil Rossiyada feminizmning rivojlanishi boshlandi. Birozdan keyin uning ishtirokchilarini „dekabristlarning xotinlari“ deb atashdi. Keyinchalik faol rus ayollari xayriya va taʼlim xarakteridagi bir qator jamoat tashkilotlarini tuzdilar.6 Yuqorida taʼkidlab oʻtilgan suffragistlar harakati feminizmning birinchi toʻlqini sifatida tarixga muhrlangan hisoblanadi. Feminizmning ikkinchi toʻlqinida, Garchi Simone De Beauvoir oʻzini feminist deb hioblamasada feminizmning „ikkinchi toʻlqini“ asoschisi edi. Ammo aynan u jinsiy mehnat taqsimotining tabiiyligi haqidagi aqidani sochdi, u „madaniy“ (erkak) bilan „tabiiy“ (ayol) ni oʻzaro bogʻliqligini yaratgan. XX asrning 60-yillari boshlarida ayollikning ijtimoiy oʻz-oʻzini anglash tushunchasining uygʻonishi feminizmning „ikkinchi toʻlqini“ paydo boʻlishiga olib keldi. Feminizm quyidagi omillar bilan ajralib turadi: geografik-Amerika, Yevropa, postsovet va post-sotsialistik etnik – „oq“, „qora“ va „rangli“feminizm diniy – xristian, islomni shakllantirish harakatlar usullari va yoʻnalishi boʻyicha-ekofeminizm, patsifist, separatist mafkuraga koʻra-liberal, sotsialistik va marksistik, radikal falsafa va psixologiya sohalariga mansubligi boʻyicha-modernist, ijtimoiy qurilish kontseptsiyasiga asoslangan; postmodernizm, psixoanalitik7 Feminizmning "uchinchi toʻlqinining koʻtarilishi XX asr 90-yillar boshlarida AQShda boshlangan. Uchinchi toʻlqin feminizmi, ikkinchi toʻlqinning ayollik va ayol tajribasini aniqlashda essentializmdan foydalanishni, oʻrta sinf oq ayollarning tajribasiga haddan tashqari koʻp eʼtibor berish mohiyatini tanqid qiladi. Ushbu toʻlqinning feministlari mikropolitikaga katta eʼtibor berishadi va asosan post-tuzilmaviy gender kabi tushunchalarga tayanadilar8. Hozirgi kunda ham zamonaviy feminizm kundan kunga rivojlanib bormoqda, ayollar huquqlarining kamsitilishini oldini olish maqsadida har bir davlat tomonida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Feminizmning bir qancha yorqin namoyondalarini koʻrsatib oʻtish mumkin, jumladan, Malala Yousufzai, Emma Watson, Taylor Swift kabilar. „Ayollar huquqi uchun kurash judayam koʻp holatlarda erkaklarga nafrat maʼnosida tushuniladi. Men aniq bilamanki, unday boʻlishi kerak emas. Feminizm- bu ayollar va erkaklaring teng huquq va imkoniyatlarga egaligiga ishonishdir, Bu jinslarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy jihatdan tengligidir“,-deb taʼkidlaydi 33 yoshli feminist ayol Emma Watson. Undan tashqari, bu mavzuda „gender equality“ yaʼni gender tengligi termini ham qoʻllanilinadi. Ushbu termining maʼnosi ayollar va erkaklarning teng huquq va erkinliklarini ifodalaydi. Yaʼni buni feminizmdan farqi qanday degan savol yuzaga kelishi mumkin. Feminizm bu koʻp hollarda ayollarninggina huquqlariga tegishli boʻladi, gender tengligi esa uni umumlashtiruvchi iboradir. Feminizm gender tengligi tushunchasining bir tarkibiy qismi sifatida namoyon boʻladi. Gender tengligi hozirgi kunda ham rivojlangan ham juda koʻpchilik insonlar kundalik hayotda vujudga keladigan soʻzdir, ilmiy uslubda qoʻllanilmasa ham. Jamiyatda, eʼtiqod yoki tabaqadan qatʼiy nazar har kim oʻz hayotini boshqarish huquqiga ega. Ayniqsa, Hindistonda quyi kastalarda ayol har doim turishi va imo-ishorasi bilan kamsitilgan. Ayolni ayol deb hisoblashdan oldin, uni inson deb hisoblash lozim. Gender tengligiga erkaklar ham, ayollar ham boʻlganda erishish mumkin. Bu ikki inson oʻrtasidagi tengsizlikni yoʻq qilish uchun hal qilinishi kerak boʻlgan inkor etib boʻlmaydigan muammo hamdir. Bosh vazir Kakar IHT sammitida ishtirok etish uchun Ar-Riyodga yetib keldi va nutqida „Zero, ayollar ham iqtisodiyotni yuksaltirishga hissa qoʻshib kelmoqda oʻz saʼy-harakatlari va mehnatlari bilan hissa qoʻshmoqdalar. Nihoyat, kun keladiki, erkaklar ayollarni nafaqat gulxan yonida, balki oʻz tengdoshlari deb bilishadi“9 Misollar orqali ifodalaydigan boʻlsak, ishga kirishda ayollar ham erkaklar ham teng huquqlarga ega, ammo afsuski kundalik turmushda ayollarni ularning faqatgina „ayol“ boʻlgani uchun rad etadigan holatlar uchrab turadi. Ammo huddi shunday vazifani bajara oladigan, xatto baʼzi hollarda erkaklardan ham yuqoriroq bilim va malakaga ega boʻlgan taqdirda ham ishga qabul qilishmaydi. Yoki Emma Watsonni misolida oladigan boʻlsak, u 21 yoshida oʻzining feministik gʻoyalarini ommaviy ravishda targʻib qilishni boshlagan. U bunga qaday kirib kelganligini soʻrashganida esa, Emma quyidagicha javob bergan „Yoshligimda moshina oʻynashni xohlaganimda, bu oʻgʻil bolalarniki degan gaplarni eshitar edim, katta boʻla boshlagan sari, qiz bola dugonalarim oʻzlarining sport bilan shugʻullanishlarini tashlashlarini va nima uchun bunday qilishganini soʻraganimda esa, bu mashgʻulot koʻproq oʻgʻil bolalarga mos keladi deb aytishar edi, oʻsmirlik paytlarimda esa oʻgʻil bola doʻstlarim oʻz xissiyotlarini bildira olishmas edi, va jamiyatdagi aynan shunday stereotiplarni yoʻqotishni yoshligimdanoq oʻzimga maqsad qilib qoʻydim“,-deb taʼkidlaydi. Undan tashqari Emma Watson oʻzining aktrisalik mahorati bilan ham mashxur. Gollivud kinolarida suratga olish jarayonida u ayol aktrisalarga erkaklardan koʻra kamroq maosh toʻlanishini bilganidan keyin, bu muammoni omma oldiga olib chiqib berdi. Bundan xulosa chiqarish mumkinki, feministik gʻoyalar faqatgina rivojlanmagan davlatlarda emas, balki AQSH kabi yirik mamlakatlarda ham dolzarb muammolardan biri boʻlib kelmoqda. Aynan shu muammolarni oldini olish maqsadida bir xalqaro darajada bir qancha eʼtirof etishga sazovor ishlar olib borilmoqda. Afgʻoniston misolida ayollar huquqi. Oʻnlab yillar davomida qurolli toʻqnashuvlar, qashshoqlik botqogʻiga botgan Afgʻonistonda ayollar uchun hayot hech qachon oson boʻlmagan, Xalqaro hamjamiyatga bir necha bor bergan vaʼdalariga qaramay, Tolibon ayollar huquqlarini birin-ketin chekladi. Kobulni egallab olishdan bir necha hafta oldin qoʻrqqanidek, hokimiyatga kelganidan beri yana biri. Taʼlim oʻrta maktabdan va oʻtgan haftadan boshlab universitetdan chetlatilgan ayollar uchun taqiqlangan hududga aylandi. Afgʻon faoli Heela Yoon, Tolibon qaytganidan beri Britaniyada boshpana izlovchi, Afgʻonistonni masofadan boshqaradi. Sharqiy viloyatlarda salohiyatni oshirish uchun ishlaydigan tinchlik tashkiloti (Ayapo) uchun yoshlar elchilari, yosh afgʻonlar, ayniqsa ayollar, oʻz huquqlarini himoya qilish va jamiyatda konstruktiv oʻrin egallashdi. Ayapo bor allaqachon yuz yoshni gender tengligi, yetakchilik va gumanitar inqirozlarda qanday harakat qilish boʻyicha oʻqitgan. .

Tolibon davrida ayollarga nisbatan kamsitish qay darajada kuchaygan? „Muvaffaqiyatsizliklar mavjud. Menimcha, asosiysi maktabga borishni taqiqlash edi. Maktablar yopildi. Va endi taqiq universitetlarga qoʻyildi. Ushbu ekstremal siyosatlar savodxonlikni keskinlashtirdi. Bundan tashqari, ayollar hatto biron bir siyosiy platformada mavjud boʻlishi taqiqlandi, ular koʻp ishlarni yoʻqotadilar, jinsi tufayli kamsitiladi. amalda hukumatga ishonib boʻlmaydi“.10 „UN Women“ tashkiloti haqida. Birlashgan Millatlar Tashkilotining gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish tashkiloti, shuningdek, BMT ayollari tashkiloti sifatida ham tanilgan,. BMTning bu tashkiloti ayollar va qizlarning huquqlarini himoya qiladi va koʻplab masalalarga, shu jumladan ayollarga nisbatan zoʻravonlikga qarshi kurashish masalasiga katta eʼtibor qaratadi. BMT ayollari Birlashgan Millatlar Tashkilotining ayollar uchun boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda taraqqiyot jamgʻarmasi (UNIFEM) tashkil etgan va 2011 yil yanvar oyida ish boshlagan.11Chilining sobiq Prezidenti Mishel Bachelet birinchi ijrochi direktor boʻlgan va Sima Sami Bahous hozirgi ijrochi direktor hisoblanadi12 ilgari UNIFEMDA boʻlgani kabi, BMT ayollari ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot guruhining aʼzosidir.13 Ushbu tashkilotning tuzilishining ehtiyoji va tarixiga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, BMT Bosh Assambleyasining 63/311-sonli qaroriga javoban, 2010 yil yanvar oyida bosh kotib A/64/588 hisobotini taqdim etdi. Gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha kompozitsion tashkilot uchun keng qamrovli taklif ham ushbu hisbotning ichiga kiritilgan edi. Bosh kotib oʻz maʼruzasida Birlashgan Millatlar tashkilotining boshqa qismlarini gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga hissa qoʻshish uchun javobgarlikdan ozod qilish oʻrniga, yangi tashkilot gender tengligi faoliyatining diqqat markazini va taʼsirini kuchaytirishga intilishi kerakligi taʼkidlab oʻtdi. Bundan tashqari, Bosh kotib Pan Gi Mun mamlakat, mintaqaviy va shtab-kvartiralar darajasida operatsion xarajatlar va „ishga tushirishni“ quvvati uchun yiliga taxminan 125 million dollar kerakligini taxmin qildi. Bundan tashqari, dastlabki bosqichda dasturiy qoʻllab- quvvatlash uchun mamlakat darajasidagi soʻrovlarga javob berish uchun yiliga qoʻshimcha 375 million dollar kerak edi.14 2010-yil 14-sentyabrda Chilining sobiq Prezidenti Mishael Bachelet BMT ayollar rahbari etib tayinlangani eʼlon qilindi.15 Ochilishidagi umumiy munozaralar paytida Birlashgan Millatlar tashkilotining 65-Bosh Assambleyasi, dunyo rahbarlari tashkilot yaratishni va uning „ayollarga kuch berish“ niyatini qoʻllab-quvvatladi, shuningdek Bacheletning ochilish rahbari sifatida pozitsiyasini kutib olishdi.16 Aktrisa Melaniya Dalla Kosta 2019-yil 'men endi oʻzim emasmanʼ deb, guvohlik beradi, Birlashgan Millatlar (UNICRI) kampaniyasi ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi, 25-noyabr xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikni bartaraf etish kunida oʻtkaziladi. Kampaniya yigʻilishi fotograf Dimitri Dimitrakakos tomonidan olib borildi. Tuzilishi va faoliyati. 64/289-sonli rezolyutsiya tashkilotga aʼzo davlatlar bilan maslahatlashgan holda Bosh kotib tomonidan toʻrt yil muddatga, bir muddatga uzaytirish imkoniyati bilan tayinlanadigan Bosh kotib oʻrinbosari tomonidan boshqarilishi kerakligini belgilab berdi. Tashkilot normativ va operatsion siyosatga rahbarlik qilish uchun mas’ul boʻlgan koʻp bosqichli hukumatlararo boshqaruv tuzilmasi tomonidan boshqariladi. Bosh Assambleya, iqtisodiy va ijtimoiy Kengash va ayollar maqomi boʻyicha komissiya (CSV) tashkilotning meʼyoriy siyosatini boshqaradigan tamoyillarini belgilaydigan boshqaruv tuzilmasini tashkil etadi. BMT ayollariga operatsion siyosat boʻyicha koʻrsatmalar berish uchun mas’ul boʻlgan hukumatlararo boshqaruv tuzilmasiga bosh Assambleya, iqtisodiy va ijtimoiy Kengash va tashkilot ijroiya kengashi kiradi. Tashkilot qirq bitta aʼzodan iborat boʻlib, iqtisodiy va ijtimoiy Kengash tomonidan uch yil muddatga saylanadi va quyidagicha taqsimlanadi: Afrika davlatlari guruhidan oʻnta Osiyo davlatlari guruhidan oʻnta Sharqiy Yevropa davlatlari guruhidan toʻrtta Lotin Amerikasi va Karib dengizi davlatlari guruhidan oltita Gʻarbiy Yevropa va boshqa davlatlar guruhidan beshta Yordam beradigan qoʻshadigan mamlakatlardan oltita. BMTga aʼzo davlatlar, ayollar guruhlari va fuqarolik jamiyati oʻrtasida koʻp yillik muzokaralardan soʻng, 2010-yil 2-iyulda Bosh Assambleya bir ovozdan 64/289 rezolyutsiyani qabul qildi va shu tariqa ayollarni rivojlantirish boʻlimini birlashtirish orqali BMT ayollarini yaratdi; ayollarni rivojlantirish boʻyicha xalqaro tadqiqot va oʻquv instituti (INSTRAV), 1976 yilda tashkil etilgan. Gender masalalari va ayollarni rivojlantirish boʻyicha maxsus maslahatchi idorasi (OSAGI, 1997 yilda tashkil etilgan) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining ayollar uchun taraqqiyot jamgʻarmasi (UNIFEM, 1976 yilda tashkil etilgan). Barcha meʼyoriy jarayonlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan resurslar tashkilotning doimiy byudjetidan olinadi va Bosh Assambleya tomonidan tasdiqlanadi, barcha darajadagi xizmat koʻrsatish jarayonlari va faoliyati uchun byudjet esa ixtiyoriy

badallar hisobidan moliyalashtiriladi va BMT ayollar ijroiya kengashi tomonidan tasdiqlanadi.17 BMT ayollar faoliyatining asosiy tematik yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: Yetakchilik va siyosiy ishtirok18 Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish19 Ayollarga qarshi zoʻravonlikni tugatish.20 Gumanitar harakatlar21 Tinchlik va xavfsizlik22 Boshqaruv va milliy rejalashtirish23 Barqaror rivojlanish uchun 2030 yilga qadar kun tartibi24 OIV va OITSga qarshi kurashish25 kabilar. Hozirgi kunda, yaʼni Isroil va Falastin oʻrtasida urush boʻlayotgan bir paytda, BMT ayollar tashkiloti oʻzining beminnat yordamini koʻrsatmoqda. 2023-yil 7- oktabrda Xamasning Isroilga dahshatli hujumi va Isroil tomonidan Gʻazoga kuchli bombardimon qilinishidan soʻng, BMT Ayollar ayollar, erkaklar, oʻgʻil bolalar va qizlarga taʼsirni tahlil qilib, ularning ehtiyojlariga munosib javob berishni taʼminlash ustida ishladi. BMT Ayollar tashkiloti zudlik bilan insonparvarlik yordamini toʻxtatmaslikka va Gʻazo sektoridagi ayollar va qizlar uchun oziq-ovqat, suv, yoqilgʻi va sogʻliqni saqlash vositalarini oʻz ichiga olgan insonparvarlik yordamining zudlik bilan kirib kelishini osonlashtirish uchun yordamini oʻrnatishga chaqiradi. Hozirgi inqirozdan oldin ham Gʻazodagi vaziyat ogʻir edi, Gʻazodagi erkaklarning 97 foizi va ayollarning 98 foizi oʻz xavfsizligidan qoʻrqishgan. Gʻazoda yashovchi ayollarning oʻziga xos va favqulodda ehtiyojlari va zaifliklari mavjud boʻlib, ular hozirgi mojaro bilan bogʻliq va tizimli gender kamsitishlari, shu jumladan Falastindagi qonunlar ayollarni erkaklar himoyasi va homiyligida boʻlishini nazarda tutadi. Bunday tuzilmalar ayollarning genderga asoslangan zoʻravonlik va oziq-ovqat xavfsizligi xavfini oshiradi va ularni boshqa joyga koʻchirilganda erkaklarnikiga qaraganda standartlardan past boʻlgan vaqtinchalik boshpanalarda yashash ehtimolini oshiradi. BMT Ayollar tashkiloti 1997 yildan beri falastinlik ayollarni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquqlariga erishish uchun qoʻllab-quvvatlab keladi. 1979-yil 18-dekabrda qabul qilingan „Ayollarga qarshi diskriminatsiyaning har qanday turlariga qarshi konvensiya“ haqida. 18 yil 1979 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini yoʻq qilish toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilindi. Yigirmanchi mamlakat uni ratifikatsiya qilganidan keyin 3 yildan soʻng 1981 sentyabrda xalqaro shartnoma sifatida kuchga kirdi. 1989 yildagi Konvensiyaning oʻn yilligiga kelib, yuzga yaqin davlat uning qoidalariga rioya qilishga rozi boʻldi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ayollarning holati boʻyicha komissiyasi, 1946 yilda ayollarning ahvolini kuzatish va ayollar huquqlarini himoya qilish uchun tashkil etilgan organ tomonidan Konvensiya tuzish uchun oʻttiz yildan ortiq ish olib borildi. Komissiya ishi ayollarning erkaklar bilan tengligi rad etilgan barcha

sohalarni yoritishda muhim rol oʻynadi. Ayollarni rivojlantirish boʻyicha ushbu saʼy-harakatlar bir nechta deklaratsiya va konvetsiyalarga kiritildi, ulardan ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konventsiya markaziy va eng keng qamrovli hujjat hisoblanadi. Inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalar orasida Konvensiya insoniyatning ayol yarmini inson huquqlari bilan bogʻliq muammolar markaziga olib chiqishda muhim oʻrin tutadi. Konvensiya ruhi Birlashgan Millatlar tashkilotining maqsadlaridan kelib chiqadi: insonning asosiy huquqlariga, insonning qadr- qimmatiga, va shaʼniga, erkaklar va ayollarning teng huquqlariga ishonchni tasdiqlash kabilarda namoyon boʻldi. Ushbu hujjatda tenglikning maʼnosi va unga qanday erishish mumkinligi koʻrsatilgan. Shunday qilib, Konventsiya nafaqat ayollar uchun xalqaro huquqlar toʻgʻrisidagi qonun loyihasini, balki mamlakatlar tomonidan ushbu huquqlardan foydalanishni kafolatlash boʻyicha harakatlar kun tartibini ham belgilaydi. Konvensiya oʻzining muqaddimasida „ayollarga nisbatan keng koʻlamli kamsitish davom etayotganini“ aniq tan oladi va bunday kamsitish „huquqlarning tengligi va inson qadr-qimmatini hurmat qilish tamoyillarini buzishini“taʼkidlaydi. 1-moddada taʼriflanganidek, kamsitish deganda „siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqarolik yoki boshqa har qanday sohada jinsga asos boʻlgan har qanday farqlash, istisno yoki cheklash“ tushuniladi. Konvensiya ishtirokchi-davlatlardan „xotin- qizlarning har tomonlama rivojlanishi va yuksalishini taʼminlash, ularga inson huquqlari va asosiy erkinliklarini amalga oshirish va ulardan foydalanishni kafolatlash uchun barcha tegishli choralarni, shu jumladan qonunchilikni ham“ koʻrishni talab qilish orqali tenglik tamoyilini ijobiy tasdiqlaydi"(3-modda). Tenglik haqidagi kun tartibi keyingi oʻn toʻrtta moddada koʻrsatilgan. Fuqarolik huquqlari va ayollarning huquqiy holati batafsil koʻrib chiqiladi. Bundan tashqari, va inson huquqlari boʻyicha boshqa shartnomalardan farqli oʻlaroq, Konvensiya insonning koʻpayishi oʻlchovi hamda madaniy omillarning gender munosabatlariga taʼsiri bilan bogʻliq. Ayollarning huquqiy maqomiga katta eʼtibor beriladi. Siyosiy

ishtirok etishning asosiy huquqlari toʻgʻrisidagi tashvish 1952 yilda Ayollarning siyosiy huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilinganidan beri kamaymadi. Shuning uchun uning qoidalari ushbu hujjatning 7-moddasida qayta koʻrib chiqilgan boʻlib, unda ayollarga saylov huquqlari, davlat lavozimlarini egallash va davlat funksiyalarini bajarish kabilarni kafolatlaydi. Bu ayollarning oʻz mamlakatlarini xalqaro miqyosda vakillik qilishlari uchun teng huquqlarni oʻz ichiga oladi (8-modda). 1957-yilda qabul qilingan „Turmushga chiqqan ayollarning fuqaroligi toʻgʻrisida“gi Konvensiyaning 9-moddasiga muvofiq, ularning oilaviy holatidan qatʼi nazar, ayollarning davlatchiligini taʼminlaydi. Shunday qilib, Konvensiya ayollarning huquqiy maqomi koʻpincha nikoh bilan bogʻliq boʻlib, ularni alohida shaxslarga emas, balki erining fuqaroligiga qaram qilib qoʻyishiga eʼtibor qaratadi. 10, 11 va 13-moddalar mos ravishda ayollarning taʼlim, ish va iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatda kamsitilmaslik huquqlarini tasdiqlaydi. 14-moddada taʼkidlanganidek, siyosatni rejalashtirishda alohida kurashlari va hayotiy iqtisodiy hissalari qishloq ayollarining ahvoliga alohida eʼtibor qaratilgan. 15-modda fuqarolik va tadbirkorlik masalalarida ayollarning toʻliq tengligini taʼkidlab, ayollarning huquqiy layoqatini cheklashga qaratilgan barcha hujjatlarni „oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni“ talab qiladi. Nihoyat, 16- moddada Konventsiya nikoh va oila masalasiga qaytadi. turmush oʻrtogʻini tanlash, ota-onalik, shaxsiy huquqlar va mulkka egalik qilishda ayollar va erkaklarning teng huquq va majburiyatlarini tasdiqlovchi munosabatlar kabilardir. Fuqarolik huquqlari masalalaridan tashqari, Konvensiya ayollarning eng muhim masalalariga, yaʼni ularning reproduktiv huquqlariga ham katta eʼtibor beradi. Muqaddimada „ayollarning nasl qoldirishdagi oʻrni kamsitish uchun asos boʻlmasligi kerak“ degan soʻz ohangini belgilaydi. Diskriminatsiya va ayollarning reproduktiv roli oʻrtasidagi bogʻliqlik Konvensiyada doimiy ravishda eʼtiborga olinadi. Masalan, u 5-moddada „onalikni ijtimoiy vazifa sifatida toʻgʻri tushunish“ tarafdori boʻlib, bola tarbiyasi uchun har ikki jins vakillarining toʻliq umumiy mas’uliyatini talab qiladi. Shunga koʻra, onalikni himoya qilish va bolaga gʻamxoʻrlik qilish qoidalari asosiy huquqlar sifatida eʼlon qilingan. va

Konvensiyaning bandlik, oila huquqi, sogʻliqni saqlash asoslari yoki taʼlim bilan bogʻliq boʻlgan barcha sohalariga kiritilgan. Jamiyatning majburiyati ijtimoiy xizmatlarni, ayniqsa, bolalarni parvarish qilish muassasalarini taklif qilishga taalluqlidir, bu esa shaxslarga oilaviy mas’uliyatni mehnat va jamoat ishlarida ishtirok etish bilan uygʻunlashtirish imkonini beradi. Onalikni himoya qilish boʻyicha maxsus choralar tavsiya etiladi va „kamsituvchi deb hisoblanmaydigan boʻldi“. (4-modda). "Konvensiya ayollarning reproduktiv tanlash huquqini ham tasdiqlaydi. Taʼkidlash joizki, u oilani rejalashtirish haqida eslatib oʻtiladigan yagona inson huquqlari shartnomasidir. Ishtirokchi-davlatlar taʼlim jarayoniga oilani rejalashtirish boʻyicha maslahatlarni kiritishlari va oila kodeksini ishlab chiqishlari shart. Ayollarning „bolalarining soni va oraligʻi toʻgʻrisida erkin va mas’uliyat bilan qaror qabul qilish hamda ularga ushbu huquqlarni amalga oshirish uchun axborot, taʼlim va vositalardan foydalanish huquqini taʼminlash“ huquqlarini kafolatlandi (16-modda). Konvensiyaning uchinchi umumiy yoʻnalishi inson huquqlari konsepsiyasi haqidagi tushunchamizni kengaytirishga qaratilgan, chunki u madaniyat va anʼanalarning ayollarning asosiy huquqlaridan foydalanishini cheklashdagi taʼsirini rasman eʼtirof etadi. Bu kuchlar stereotiplar, urf-odatlar va meʼyorlarda shakllanib, ayollarning rivojlanishiga koʻplab huquqiy, siyosiy va iqtisodiy cheklovlarni keltirib chiqaradi. Ushbu oʻzaro bogʻliqlikni qayd etgan holda, Konvensiyaning muqaddimasida „erkaklar va ayollarning toʻliq tengligiga erishish uchun erkaklarning anʼanaviy rolini, shuningdek, jamiyat va oiladagi ayollarning rolini oʻzgartirish zarur“ taʼkidlanadi. Shu sababli, ishtirokchi-davlatlar har qanday jinsning pastligi yoki ustunligi gʻoyasiga yoki stereotiplarga asoslangan notoʻgʻri qarashlar, odatlar va boshqa barcha amaliyotlarni yoʻq qilish uchun individual xatti-harakatlarning ijtimoiy va madaniy namunalarini oʻzgartirishga harakat qilishlari shart. " (5-modda). 1-modda taʼlim sohasidagi qoliplashgan tushunchalarga barham berish maqsadida darsliklar, maktab dasturlari va oʻqitish uslublarini qayta koʻrib chiqishni topshiradi. Umuman olganda, Konvensiya jinsga asoslangan kamsitishlarni yaratgan va qoʻllab-quvvatlagan turli kuchlarga qarshi kurashish uchun keng qamrovli asosni taqdim etadi.

Konvensiyaning bajarilishini Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish qoʻmitasi (CEDAW) nazorat qiladi. Qoʻmitaning vakolati va shartnomani boshqarish Konvensiyaning 17-30-moddalarida belgilangan. Qoʻmita oʻz hukumatlari tomonidan tavsiya etilgan va ishtirokchi-davlatlar tomonidan „Konvensiyada nazarda tutilgan sohada yuksak maʼnaviy va malakali“ shaxslar sifatida saylangan 23 nafar ekspertdan iborat. Ishtirokchi-davlatlar kamida toʻrt yilda bir marta Konventsiya qoidalarini amalga oshirish uchun qabul qilgan chora- tadbirlarni koʻrsatgan holda Qoʻmitaga milliy maʼruza taqdim etishlari kutilmoqda. Oʻzining yillik sessiyasida Qoʻmita aʼzolari ushbu hisobotlarni Hukumat vakillari bilan muhokama qiladilar va ular bilan muayyan mamlakatning kelgusidagi harakatlari yoʻnalishlarini oʻrganadilar. Qoʻmita, shuningdek, ishtirokchi- davlatlarga ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish masalalari boʻyicha umumiy tavsiyalar beradi. Kopengagendagi konferensiya turli xil fikrlar va bahslar bilan o"tdi va dastur qabul qilindi. Unda ayollar huquqlarining amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilayotgan quyidagi bir qancha omillar sanab oʻtildi: Ayollarning jamiyatdagi rolini oshirishda erkaklar ishtirokining yetishmasligi; Siyosiy xohishlarning yoʻqligi (yetishmasligi); Rejalashtirishda ayollarning asosiy ehtiyojlarini hisobga olmaslik; Boshqaruv organlarida ayollar sonining kamligi; Davlat hayotida ayollar ishtirokini taʼminlovchi xizmatlarning yetshmasligi; Moliya resurslarining yetishmasligi; Ayollar oʻz imkoniyatlarini anglab yetmasliklari kabilar.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir