Xalqaro ot sporti federasiyasi (inglizcha: International Federation for Equestrian Sports, fransuzcha: Fédération Équestre Internationale, FEI ) — ot sporti bo‘yicha xalqaro boshqaruv organi sanaladi.

Xalqaro ot sporti federasiyasi
Turi Xalqaro sporti federasiyasi
Ishga tushgan sanasi 1921-yil
Joylashuvi ShveysariyaLozanna
Prezident Andoza:Country data BE Ingmar de Vos
Aʼzolari 134 ta milliy federasiyalar
Vebsayti fei.org
Til(lar)i Ingliz, fransuz

Uning shtab-kvartirasi Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan. U 1921-yilda Belgiya, Daniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Norvegiya, Shvesiya va AQSH milliy ot sporti tashkilotlari tomonidan shakllantirilgan[1]. Bugungi kunda Federasiya tarkibiga 134 ta milliy ot sporti federasiyasi kiradi[2]. 2014-yildan buyon federasiya prezidenti Ingmar de Vos hisoblanadi.

FEI axloq kodeksi otlarni jismoniy zo‘ravonlik va dopingdan himoya qiladi[3].

Yo‘nalishlari

tahrir

Xalqaro ot sporti federasiyasi sakkizta yo‘nalishni tartibga soladi:

  • Ot bilan raqs [4]
  • Ot poygasi [5]
  • Ot bilan masofaga yugurish [6]
  • Ot ustida uchkurashlik [7]
  • Ot parasporti [8]
  • Jilovlash - bundan mustasno [9]
  • To‘siqlardan ot bilan o‘tish [10]
  • Ot ustida akrobat mashqlar [11]

Mintaqaviy boshqaruv doirasida quyidagi ikkita yo‘nalish mavjud:

  • xorsbol
  • tentpegging

FEIdan tashqarida ot sportining ikki turi rivojlanmoqda, ot poygasi va polo, ammo ikkinchi holatda Xalqaro polo federasiyasi bilan kelishuv memorandumi imzolangan.

Musobaqa

tahrir

Olimpiya o'yinlari

tahrir

Konkur(ot bilan to‘siqlardan o‘tish), ot ustida sakrash va uchkurash (ot bilan) 1912-yildan buyon Olimpiada o‘yinlarining bir qismi bo‘lib kelgan va  Paralimpiya ot sporti 1996-yildan buyon Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan.

FEI Butunjahon ot sporti o'yinlari

tahrir

Xalqaro ot sporti federasiyasi 1990-yildan buyon har to‘rt yilda bir marta Butunjahon ot sporti o‘yinlarini (ingl. World Equestrian Games, WYeG) o‘tkazib keladi. Butunjahon ot sporti o‘yinlari g‘oyasi 1980-yillarning o‘rtalarida vujudga kelgan va o‘sha paytda FEI prezidenti bo‘lgan shahzoda Filipp tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. WYeG barcha FEI jahon sport yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionati unvonlarini qamrab oladi[12].

Jahon kubogi

tahrir

FEI Jahon kubogi (inglizcha: FEI World Cup) har bir yo‘nalish bo‘yicha finalga olib boradigan saralash ligalari bilan butun dunyo bo‘ylab musobaqa sanaladi. FEI jahon chempionatlari seriyasi 1978-yilda Jahon kubogi shousida sakrash bilan boshlandi va shundan so‘ng yana uchta yo‘nalishni o‘z ichiga oldi: ot raqsi, ot poygasi va ot ustida akrobat mashqlar.

Asosiy musobaqalar:

  • Ot ustida sakrash bo‘yicha Jahon kubogi 
  • Ot bilan to‘siqlardan o‘tish Jahon kubogi
  • Otlar poygasi bo‘yicha Jahon kubogi
  • Ot bilan akrobatik mashqlar bo‘yicha Jahon kubogi.

Jahon, qit’a va mintaqa chempionatlari

tahrir

FEI bo‘yicha jahon chempionatlari, qit’a va mintaqa chempionatlari barcha FEI yo‘nalishlari va yosh toifalarida o‘tkaziladi. Musobaqalarga quyidagilar kiradi:

  • Yosh otlar o‘rtasida uchkurash bo‘yicha jahon chempionati
  • Otlar poygasi bo‘yicha FEI jahon chempionati
  • FEI yakka holatda otlar poygasi bo‘yicha jahon chempionati
  • FEI kattalar o‘rtasidagi chidamlilik bo‘yicha jahon chempionati
  • Kattalar o‘rtasida ot ustida akrobat mashqlar bo‘yicha FEI jahon chempionati
  • FEI ot sporti bo‘yicha jahon chempionati

Reytinglar

tahrir

Ot sportida FEI tomonidan tan olingan ikkita asosiy reyting mavjud. Bular Concours de Saut International va Concours Complet International reytinglaridir.

Concours de Saut International (CSI) — konkur (ot bilan to‘siqlardan o‘tish) musobaqalari uchun reyting tizimi. Barcha CSI musobaqalari Xalqaro ot sporti federasiyasi tomonidan taqdim etilgan.

Concours Complet International (CCI) va Concours International Combiné (CIC)— Xalqaro ot sporti federasiyasi tomonidan ot sporti musobaqalari bo‘yicha reyting tizimlari joriy etilgan

Prezidentlar

tahrir
 
FEI shtab-kvartirasi Lozanna, Shveysariya .

Ushbu federasiya 1921-yilda tashkil etilganidan buyon 13 ta turli Prezidentlar rahbarlik qilgan. Karl F.Kuorls van Ufford — ikki marta Xalqaro ot sporti federasiyasi rahbari etib saylangan yagona shaxsdir. Bugungi kunda prezident ko‘pi bilan ikki muddatga saylanishi mumkin. 2014-yildan buyon FEI prezidenti belgiyalik Ingmar de Vos hisoblanadi.

# Prezident Mamlakat Muddati
1 Baron du Tay Fransiya 1921-1927
2 Gerrit Johannes Maris Niderlandiya 1927-1929
3 Karl F. Kvarl van Ufford Niderlandiya 1929-1931
4 Gay Genri AQSH 1931-1935
5 Baron Maks fon Xolzing-Berstett Germaniya 1935-1936
6 Karl F. Kvarl van Ufford Niderlandiya 1936-1939
7 Magnus Rudman Finlandiya 1939-1946
8 Baron Gaston de Trannoy Belgiya 1946-1954
9 Shahzoda Bernard Lippe-Bisterfeldskiy   Niderlandiya 1954-1964
10 Shahzoda Filipp Buyuk Britaniya 1964-1986
11 Malika Anna Buyuk Britaniya 1986-1994
12 Infanta Pilar, Badaxoss gersoginyasi Ispaniya 1994-2006
13 Malika Hayo bint al-Husayn Iordaniya 2006-2014
14 Ingmar de Vos Belgiya 2014 yil - h.v.

Manbalar

tahrir
  1. Allen, K; Schumacher, S. A. „Chapter 26: Impact of FEI rules on sport horse medications“, . Robinson's Current Therapy in Equine Medicine, 7th, Elsevier Health Sciences, 2015 — 112—115-bet. ISBN 9780323242165. 
  2. „FEI National Federation Members“. fei.org. 2015-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-fevral.
  3. „The FEI Code of Conduct for the Welfare of the Horse“ (pdf). FEI.org. 2017-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-yanvar.
  4. „Disciplines – Dressage – About Dressage“. Fei.org. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-fevral.
  5. „Disciplines – Driving – About Driving“. Fei.org. 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-fevral.
  6. „Disciplines – Endurance – About Endurance“. Fei.org. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-fevral.
  7. „Disciplines – Eventing – About Eventing“. Fei.org. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-fevral.
  8. „Disciplines – Driving – About Para Equestrian Driving“. Fei.org. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-fevral.
  9. „Disciplines – Reining“. Fei.org (2011-yil 2-avgust). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-fevral.
  10. „Disciplines – Jumping – About Jumping“. Fei.org. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-fevral.
  11. „Disciplines – Vaulting – About Vaulting“. Fei.org. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-fevral.
  12. „FEI Championships“. FEI. 2013-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-oktyabr.