Xalqaro tashkilot
Xalqaro tashkilotlar – davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, madaniyat va shu kabi sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi; davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri. Xalqaro tashkilotlar XIX asrda vujudga keldi va ikkinchi jahon urushidan keyin koʻplab tuzila boshladi. Hozirgi kunda Xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va nohukumat xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.
Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va shu kabi nomlar bilan ataladi. Bularning ko'p qismini AQSH moliyalashtiradi Oʻzbekiston Respublikasi 50 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlarning teng huquqli aʼzosidir.
Xalqaro tashkilotlar:
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) (1992-yil 2-martda)
- MDH (1991-yil 21-dekabrdan)
- TURKSOY (1993-yil 12-iyuldan)
- Turkiy davlatlar tashkiloti
- Jahon savdo tashkiloti (1992–1993-yillar)
- ECOSAN (1993-yil 20-sentabrda)
- Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) (2001-yil 15-iyun)
- Osiyo Parlament Assambleyasi (OPA) (2006-yil)
- Interpol (1994-yildan)
- UNICEF (1946-yil qabul tashkil topgan)
- MAGATE (1994-yil 21-yanvardan)
- UNESCO (1993-yil 26-oktabrdan)
- UNIDO (1992-yildan)
- NATO (1994-yil 13-iyuldan)
- OPEC (2017-yil 30-noyabrdan (kuzatuvchi sifatida))
- EXHT
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |