Xamardaban – Rossiya Federatsiyasining Buryatiya Respublikasidagi togʻ tizmasi. Baykal koʻlining janubiy va janubi-sharqiy sohillarida. Uzunligi 420 km, eng baland joyi – Bayshintoʻla (2995 m). Gneys, kristalli slanets, ohaktosh, bazaltdan tashkil topgan; granit intruziyasi koʻp. Iqlimi keskin kontinental. Yillik yogʻin 400-500 mm, gʻarbiy qismida 800-1300 mm. Shimoliy yon bagʻirlarida oqqaragʻay, kedr, janubiy yon bagʻirlari qaragʻaytilogʻoch oʻrmonlari bilan qoplangan. Janubiyda oʻrmonli dasht va dasht yerlar uchraydi. 2000 m dan balandda togʻ tundrasi oʻsimliklari oʻsadi.