Xanchjou
Xanchjou – Xitoyning sharqiy qismidagi shahar, Chjetszyan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 6,1 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari chorrahasi. Sharqiy Xitoy dengizi sohilidagi, Fuchuntszyan daryosi va Buyuk kanal boʻyidagi yirik port. Ipak sanoati markazi. Mashinasozlik, kimyo, rezina, oynashisha, sement, jut sanoati korxonalari mavjud. Choy qayta ishlanadi. Eksport uchun bambuk buyumlar va ipakchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. universitet bor. Iqlim kurorti. Shaharga VI asrda asos solingan. 1129-1279-yillarda Janubiy Sun sulolasi poytaxti boʻlib, Linan deb atalgan. Moʻgʻullar istilosi vaqtida vayron qilinib, 1356-yilda qayta qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Sixu koʻlining shimolda, Gushan togʻi yon bagʻrida oʻrta asrlarda qurilgan bogʻmeʼmorlik ansambli, shuningdek, budda ibodatxonasi, pagodalar saqlangan. Turizm rivojlangan.
Xanchjou | |
---|---|
Subprovinsiya toifasidagi shahar | |
30°15′00″N 120°10′03″E / 30.25000°N 120.16750°E | |
Mamlakat | Xitoy |
Provinsiya | Zhejiang |
Hukumat | |
• Partqoʻm kotibi | Lyu Tsze |
Markazi balandligi | 19 m |
Aholisi (2020) |
11 936 010[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+8 |
Telefon kodi | 0571 |
Pochta indeks(lar)i | 310000 |
Avtomobil kodi | 浙A |
|
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |