Xandaq – qadimgi va oʻrta asrlarda shahar, qalʼa, qoʻrgʻon va mudofaa istehkomlarini dushman hujumidan ehtiyot qilish maqsadida ularning tashqi devori yonidan gir aylanasiga qazilgan oʻra, chuqurlik. Odatda, tashqi devorni koʻtarishda loy xandaq oʻrnidan olingan. Xandaqning eni 5-6 m dan 30-40 m gacha, chuqurligi 3-4 m boʻlib, ichi aksariyat suv bilan toʻlgʻazilgan. Baʼzan xandaq shox-shabba bilan ihota qilingan. Istehkomga kiradigan yoʻlga osma koʻprik qurilgan. Amir Temur va temuriylar davrida qoʻshin lashkargohga tushganda uning atrofi xandaq bilan mustahkamlangan. Xandaqning soni dushman qoʻshinining miqdoriga qarab 1 dan 6 tagacha boʻlgan. Koʻp vaziyatlarda xandaqlar oldiga katta hajmdagi qalqonlar (chapar) qoʻyilgan. Eski oʻzbek tili manbalarida moʻljar, chipjip, choh, oʻr, oʻrgʻarim kabi atamalar xandaqga maʼnodosh sifatida qoʻllangan.

Rus oʻqchilari

Yana qarang

tahrir