Mixail Nikiforovich Xanin (1902.18.1, Samarqand viloyati – 1976) – patofiziolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1954), tibbiyot fanlari doktori (1942), professor (1942), Saratov universiteti tibbiyot fakultetini tugatgach (1928), hozirgi Ulyanovsk viloyat kasalxonasida vrach (1928—30), Saratov Tibbiyot instituti patofiziologiya kafedrasida aspirant (1930—32), assistent (1932—38), dotsent (1938—40), Toshkent tibbiyot akademiyasi patofiziologiya kafedrasi mudiri, professor (1941—72). Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyoda uchraydigan toksik gepatit, ensefalit hamda jigarning surunkali kasalliklarida allergiya va autoallergiya jarayonlarini aniqlash va oʻrganishga bagʻishlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "XANIN Mixail Nikiforovich" OʻzME. X-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil