Xanti-mansiysk (1940-yilgacha Ostyako Vogulsk) – Rossiya Federatsiyasi Tyumen viloyati Xanti Mansilar muxtor okrugidagi shahar (1950-yildan), okrug markazi. Irtish daryosining oʻng sohilida. Dare porti. Aholisi 35,9 ming kishi (1998). 1931-yilda ishchilar shaharchasi – muxtor okrugining markazi sifatida vujudga kelgan. 1934-yildan Omsk viloyati, 1944-yildan Tyumen viloyati tarkibida. Shahar tarkibiga XVI asrdan maʼlum boʻlgan Samarovo qishlogʻi ham kiradi. Yetakchi sanoat tarmogʻi – baliq sanoati. Shuningdek, oʻrmon sanoati ham mavjud. Asosiy korxonalari: baliq konservalash, yogʻochsozlik kombinatlari, taxta tilish zavodi, mebel fabrikasi. Yirik parrandachilik xoʻjaligi; Chekka Shimol qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutining tajriba styasi bor. Oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Xanti-mansiysk" OʻzME. X-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil