Xarabalgʻas
Xarabalgʻas (Qorabolgʻasun) — Uygʻur xoqonligi poytaxti — Oʻrdubaliq shahar xarobasi (8—9-asrlar). 840-yil Yenisey qirgʻizlari tomonidan bosib olinib vayron qilingan. Urxun daryosining soʻl soxilida Erdenidzu monastiri (Moʻgʻuliston)dan 15 km shim. da joylashgan. X.B.ning markaziy qismi koʻtarma tuproq bilan oʻrab olinib, qalʼa va arkdan jan.gʻarbda boʻlgan. Istehkomlar va xom gʻishtdan qurilgan devorlarning sakdanib qolgan bal. 10– 12 m, qoʻriqchi minora (donjon) qalʼa oʻrtasida joylashib, uning bal. 14 m ni tashkil etgan. Shahar qatʼiy reja asosida qurilgan. X.B. hududida 8—9-asrlarga oid uygʻur sopol idishlari topilgan. Qalʼadan jan.da ibodatxonalar majmui va unga sharq tomondan yondoshgan turar joy mavzesi anikdangan. Aftidan bu mavze uygʻur xoqoni bilan bogʻliq boʻlib, u yerdan topilgan granit stela (ustun) sirtida ajdarho tasviri va 9-asrdagi uygʻur xoqonlaridan birining shaʼniga atab uygʻur, xitoy va sugʻd tillarida bitilgan yozuvlar aks etgan.[1]