Xarbin xalqaro muz va qor festivali
Harbin xalqaro muz va qor haykallari festivali (xit. an’anaviy 哈尔滨国际冰雪节, pinyin: Hā'ěrbīn Guójì Bīngxuě Jié) — Harbin shahrida har yili oʻtkaziladigan xalqaro muz va qor festivali. 1963-yildan beri oʻtkazib kelinadi. Festival tez-tez bekor qilingan. Masalan, Xitoydagi Madaniy inqilob davrida toʻxtatilgan. 1985-yilda qayta tiklangan.
Xitoyning Xeyluntszyan provinsiyasi poytaxti Harbin dunyodagi muz va qor haykaltaroshligi markazlaridan biri hisoblanadi. Geografik jihatdan u Shimoliy-Sharqiy Xitoyda joylashgan boʻlib, bu shaharga sovuq Sibirning qishki shamoli bevosita taʼsir qiladi. Yozda oʻrtacha harorat +21,2 °C, qishda esa −16,8 °C. Baʼzida qish kechalarida harorat −38,1 °C darajagacha gacha tushadi.
Festivalning rasman ochilishi 5-yanvarda boʻlib oʻtadi va u bir oy davom etadi. Biroq, muz haykallar koʻrgazmasi bundan ilgariroq boshlanadi va ob-havo harorati imkon bersa, uzoqroq turadi. Muz haykallariga zamonaviy (masalan, lazerlar) va anʼanaviy asboblar (masalan, muz chiroqlari) yordamida jilo beriladi. Festival doirasida qishki hordiq togʻchangʻisi, Songhua daryosidagi muz uzra oʻyilgan teshiklarda choʻmilishni ham oʻz ichiga oladi.
Harbin festivalidan Yaponiyada Sapporo qor festivali, Kanadaning Kvebek provinsiyasida qishki karnaval va Norvegiyada changʻi festivali oʻtkaziladi. Bular dunyodagi toʻrtta eng yirik muz va qor festivallari hisoblanadi.
2007-yilgi festivaldagi Kanada mavzusi kanadalik shifokor Norman Bethunega bagʻishlangan edi. Festivalda Ginnes rekordlari ham qayd etilgan. Eng yirik qorli haykal uzunligi 250 metr va balandligi 8,5 metr boʻlib, 13 000 m3 dan ortiq qordan yasalgan. Ushbu haykal ikki qismdan iborat edi: „Niagara sharsharasi“ va „Bering boʻgʻozini kesib oʻtish“ (ikkinchisi (Kanadaning mahalliy xalqlari) Birinchi millat migratsiyasi sifatida tasvirlangan).
Haykallar yasalishi
tahrirSonghua daryosidan muz boʻlaklarini kesib olish uchun bloklarda maxsus qurilmalar qoʻllanadi[1]. Muz haykaltaroshlari[2] ishida iskanalar, muz boltalari va boshqa turli asboblardan foydalaniladi. Ularning aksari bir nechta haykal[1] yasashadi va festival boshlangunga qadar kechayu-kunduz ishlashadi. Shaffof haykallar uchun qoʻllanadigan shishadek tiniq muz bloklarini hosil qilishda mineralsizlantirilgan suvdan foydalanilishi mumkin[3]. Turli tusda porlaydigan chiroqlar[4] muzni yoritish uchun ham qoʻllanilib, ayniqsa tun vaqtida haykallarning oʻzgacha jilolanishini taʼminlaydi. Oʻtgan yillarda yasalgan muz haykallar, jumladan, turli meʼmoriy yoʻnalish va uslubdagi binolar hamda yodgorliklar, hayvonlar, odamlar va afsonaviy mavjudotlarni aks ettiradi[5][6]. Harbin festivaliga butun dunyodan sayyohlar oqib keladi[4].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 AFP. „Ледяные деньги в холодный город Китая“. The Sydney Morning Herald (2008-yil 13-noyabr). 2012-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-yanvar.
- ↑ BBC. „На снимках: фестиваль льда в Харбине“. BBC News (2007-yil 6-yanvar). 2012-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-yanvar.
- ↑ Zeitvogel, K. „Китайская скульптурная зимняя страна чудес в Вашингтоне“. AFP/Google (2009-yil 18-dekabr). 2012-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 Strum, J. „Северный китайский город охватывает холод и лед“ (deadlink). The State Journal, Frankfort, Kentucky (2009-yil 22-dekabr). 2011-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-yanvar.
- ↑ Taylor, A. „Ледяные дни и ночи“. Boston.com/AP/Getty Images/AFP/Reuters (2009-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 5-dekabr.
- ↑ Муллен, Н.; Лин, С-С. „Китайское народное искусство, фестивали и символизм в повседневной жизни“ (deadlink). Phoebe A. Hearst Museum of Anthropology/University of California, Berkeley (2005). 2005-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-yanvar.
Galereya
tahrir-
Harbin xalqaro muz va qor festivali 2010-yil
-
Harbin xalqaro muz va qor festivali 2010-yil
-
Harbin xalqaro muz va qor festivali 2010-yil
-
Harbin xalqaro muz va qor festivali 2010-yil
-
Harbin xalqaro muz va qor festivali 2010-yil
-
Harbin xalqaro muz va qor festivali 2010-yil
-
Harbin xalqaro muz va qor festivali 2010-yil
-
Harbin xalqaro muz va qor festivali 2010-yil
Havolalar
tahrir- Harbin muz festivali
- Harbin qor va muz festivali 2003-yil
- Harbin qor va muz festivali 2005-yil
- Harbin qor va muz festivali 2006-yil
- Harbin qor va muz festivali 2006-yil
- Harbin muz va qor festivali 2007-yil
- Harbin muz va qor festivali 2009-yil
- Harbin muz va qor festivali-2013 — „Katta rasm“ dan 20 ta fotosurat.