Xardavdon
Xardavdon (Halimocnemis villosa Kar. et. Kir.) – shoʻradoshlarga mansub bir yillik sershox oʻt. Boʻyi 3-25 sm, qisqa va uzun tuklar bilan qoplangan. Barglari qalami, semiz, uzunligi 20–50 mm. Gulqoʻrgoni oddiy, 4 ta nashtarsimon boʻlakchadan iborat, ularning pastki qismi meva yetilishi oldidan qoʻshilib ketadi va qattiqlashadi. Xardavdon iyun – sentabrda gullab meva beradi. Oʻzbekistonda shoʻrxok, qumoq, mayda chagʻirtoshli, loy tuprokdi va qumli yerlarda keng tarkalgan. Qorakoʻl qoʻylari va tuyalarga ozuqa.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |