Xardivaynberg qonuni
Xardivaynberg qonuni – bir gen allellari boʻyicha farq qiluvchi, oʻzaro erkin chatishadigan populyatsiyalarda allellar va genotipik sinflar uchrashishi tezligining taqsimlanishini tasvirlovchi qonun. 1908-yilda bir-birlaridan mustaqil holda ingliz matematigi G. Xardi va nemis vrachi V. Vaynberglar kashf etishgan. Xardivaynberg qonuni —Xardivaynberg qonuniga binoan, mutatsiya, tanlash bosimi, migratsiya va genlar dreyfi yuz bermaydigan hollarda allellarning oʻzaro uchrash tezligi avloddanavlodga oʻzgarishsiz oʻtadi. Modomiki, avlodda allellarning uchrash tezligi ota-onalarinikiga oʻxshash boʻlar ekan, u hodda genotiplarning ham uchrash chastotalari oʻzgarishsiz qoladi. Aallelini „r“, aallelini esa „q“ harfi bilan belgilansa, u holda p+q=l boʻlishi, bu formula yordamida populyatsiyada A va a allellarining uchrash tezligi; AA, Aa, aa genotiplarning uchrash tezligini esa p2+2pq+q2 formula yordamida aniqlash mumkin. Xardivaynberg qonuni – Xardivaynberg qonuni populyatsiyalar genetikasi uchun muhim ahamiyatga ega. Qonun populyatsiyalarda kam uchrovchi allellarning aksariyat hollarda geterozigota organizmlarda saqlanib qolishini koʻrsatib beradi. Xardivaynberg qonuni – Xardivaynberg qonuni tabiiy sharoitda amal qilishi juda qiyin, chunki populyatsiyalarga genetik muvozanatni buzuvchi tashqi va ichki omillar doimo taʼsir etib turadi. Shu sababli xardivaynberg qonuni – Xardivaynberg qonunini keyingi populyatsiongenetik modellar yaratishning boshlangʻich shakli sifatida qarash maqsadga muvofiq boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |