Raxmatov Xasan Utkirovich (1985-yil 13-sentyabr, Samarqand, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi, bankir. Mehnat faoliyati davomida 2008-2013-yillarda AT Aloqabankda, 2013-2016 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda, xususan, rahbarlik lavozimlarida ishlagan[1].

Xasan Raxmatov
Raxmatov Xasan Utkirovich
 “Poytaxt Bank” AJ Boshqaruv raisi
 
Mansab davri
24-yanvar 2024-yildan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Raxmatov Xasan Utkirovich

13-sentyabr 1985-yil (1985-09-13) (39 yosh)
Samarqand shahri
Samarqand viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Istiqomat joy(lar)i Toshkent
Oʻzbekiston
Taʼlim Toshkent moliya instituti
Dini islom
Ilmiy unvoni Iqtisod fanlar nomzodi 2011-yil, Iqtisod fanlari doktori 2020-yil
Maʼlumoti oliy

Shuningdek, X.Raxmatov 2016-yildan 2024-yilgacha AT Aloqabank Boshqaruv Raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2024-yil 24-yanvar kuni Poytaxt Bank AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi[2]

Hayoti

tahrir

Xasan Raxmatov 1985-yil 13-sentyabrda Samarqand viloyatida ziyoli oilada tugʻilgan. 2006-yil Toshkent moliya institutining bakalavr bosqichini, 2008-yil ushbu institutning magistratura bosqichini tamomlagan. 2011-yilda „Iqtisod fanlari nomzodi“, 2020-yilda „iqtisod fanlari doktori“ ilmiy darajalarini olgan.

Mehnat faoliyati

tahrir

X.Raxmatov mehnat faoliyati davomida 2008-2013-yillarda AT „Aloqabank“ (Respublika apparati) tizimida ishlagan. 2013-2016 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda, 2016-2024-yillarda AT „Aloqabank“ Boshqaruv Raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.[1]. 2024-yil 24-yanvar kuni “Poytaxt Bank” AJ Boshqaruv raisi etib tayinlangan[3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Raxmatov, Xasan „Xasan Raxmatov “Poytaxt bank” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi/“. Bankers.uz. Bankers.uz. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
  2. Raxmatov, Xasan „“Poytaxt Bank” AJga yangi rais tayinlandi.“. Platina.uz. Platina.uz. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
  3. Raxmatov, Xasan „“Poytaxt Bank” AJ Boshqaruv raisi“. poytaxtbank.uz. Poytaxt Bank. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.