Xatam Ashurov

oʻzbekistonlik akademik va fizik olim.

Xatam Ashurov (1961-yil 11-dekabr; Navoiy tumani O'zbekiston SSR) — fizik olim. Oʻzbekiston Respublikasi FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi[1][2][3][4][5]. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan Atamalar komissiyasi aʼzosi[6][7].

Hotam Ashurov

Hotam Ashurovning 60 yillik yubileyidan lavha
Tavalludi 11-dekabr 1961-yil (1961-12-11) (62 yosh)
Buxoro viloyati, Navoiy tumani
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sohasi Fizika
Ish joylari
  • Navoiy viloyati radio-televizion tarqatish markazida elektromexanik
  • O‘zR FA Elektronika institutida stajyor-tadqiqotchi, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, direktor o‘rinbosari
  • TDTUda yetakchi ilmiy xodim
  • U. A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori
Institutlar Elektronika instituti
Toshkent davlat texnika universiteti
U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti
Ilmiy unvoni Texnika fanlari doktori
professor
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Turmush oʻrtogʻi Hikoyat Ashurova

Hayoti va ilmiy faoliyati

tahrir

Xatam Ashurov 1961-yil 11-dekabrda Buxoro viloyati, Navoiy tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1983-yil dekabrida Navoiy viloyati radio-televizion tarqatish markazida elektromexanik sifatida boshlagan. Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida 1984-yil may oyidan Oʻzbekiston Respublikasi FA Elektronika institutiga (2012-yildan Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti) stajyor- tadqiqotchi lavozimiga o‘tib, keyinchalik aspiranturada; kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, direktor o‘rinbosari, institut direktori lavozimlarida 2016-yilgacha ishlab kelgan.

19972013-yillar mobaynida Germaniya, Italiya, Fransiya, Belgiya, BAA, Koreya mamlakatlarida tajriba oʻtab kelgan. 2016-yil Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti tugatilishi va ilmiy laboratoriyalarning Toshkent davlat texnika universitetiga o‘tkazilishi munosabati bilan 2016-yil iyulidan 2017-yil iyuligacha TDTUda yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 2017-yil iyulidan qayta tashkil etilgan U. A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Xatam Ashurov ion-plazma texnolagiyalarining kelajagi borasida shunday fikr bildirgan:

Ion-plazma va lazer texnologiyalari yo‘nalishi zamonaviy ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib, bugun taraqqiyotni bu soha ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda o‘ziga xos ilmiy maktablar yaratilgani fan taraqqiyotini zamon bilan hamqadam rivojlantirish barobarida, yaratilayotgan ixtirolardan amaliyotda foydalanish jarayonini tizimli asosda yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘layotir[8].

Manbalar

tahrir
  1. „U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti“. 2023-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-mart.
  2. „ОАВ ходимлари Ион-плазма ва лазер технологиялари институти фаолияти билан танишди“. 2023-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-mart.
  3. „Ўзбекистон Президенти ижтимоий соҳалар ходимларини мукофотлади“. 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-mart.
  4. „Scientific councils on directions“. 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-mart.
  5. „O‘zbekiston Mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-mart.
  6. „Ўзбекистонда Атамалар комиссияси ташкил этилмоқда (аъзолар рўйхати)“. 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25.03..2023.
  7. „Давлат тилини ривожлантириш департаменти ҳузурида Атамалар комиссияси фаолияти ташкил қилинади (рўйхат)“. 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-mart.
  8. „Yangi texnologiyalar va iqtisodiy taraqqiyot“. 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-mart.