Xayriddin Saloh
Xayriddin Saloh
tahrirGʻoyat qisqa umri davomida bir qator yorqin sheʼriy asarlar yozib qoldirishga ulgurgan joʻshqin shoir Xayriddin Saloh (Salohiddinov) 1934-yilning 15-yanvarida Toshkentda tugʻildi. Maktabda oʻqib yurgan paytlaridayoq badiiy soʻzga boʻlgan qiziqish Xayriddinni keksa shoir Gʻayratiy rahbarlik qilgan adabiyot toʻgaragiga boshlab keldi. Toʻgarakda boʻlajak shoir Erkin Vohidov, Yusuf Shomansur, Sayyor singari tengdoshlari bilan ijod sirlarini oʻrganadi. Xayriddin Salohning ilk sheʼri 1950-yilda bosilib chiqdi va koʻpchilikning eʼtiborini tortdi. Oʻrta maktabni tugatgan Xayriddin Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Pedagogika universiteti)ning tarix-filologiya fakultetiga oʻqishga kirdi va uning kechki boʻlimini 1957-yilda tugatdi. Shundan soʻng shoir „Oʻzbekiston madaniyati“ gazetasi, „Gʻuncha“, „Gulxan“ jurnallarida adabiy xodim boʻlib xizmat qildi. Turli yillarda Xayriddin Salohning „Chashma“ (1959), „Ikkinchi imtihon“ (1961), „Ishqim va rashkim“ (1965), „Tugʻyon“, „Naʼmatak“ (1969), „Izlar va hislar“ (1974), 336 „Shu’lalar qoʻshigʻi“ (1975), „Lirika“ (1985) singari sheʼrlar toʻplamlari bosilib chiqdi. Iqtidorli shoir Xayriddin Saloh yirik sheʼriy janrlarda ham ijod qilib, „Laylo“, „Yangroq hayot“, „Toshkent bilan suhbat“ dostonlarini yaratdi. Uning tarjimonlik borasida qilgan xizmatlari ham eʼtiborga loyiq. Xayriddin Saloh Bayron, Heyne, Lermontov, Shevchenko, Hamzatov singari olamga mashhur shoirlarning koʻplab asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Serqirra ijodkor Xayriddin Saloh 1969-yilning 5-iyunida vafot etgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Adabiyotlar
tahrirAdabiyot 7-sinf darsligidan foydalanildi.