Xayrulla Saʼdiyev
Xayrulla Habibovich Saʼdiyev (1940-yil 6-dekabr, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek aktyori.
Xayrulla Saʼdiyev | |
---|---|
Tavalludi |
6-dekabr 1940-yil |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirXayrulla Saʼdiyev 1940-yil 6-dekabrda Toshkentda tavallud topgan. Oʻzbekiston rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). 1963–1986-yillarda Yosh tomoshabinlar teatrida, 1986-yildan Satira teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritgan.
Xayrulla Saʼdiyev, asosan, komik aktyor boʻlib, dramatik, harakterli rollarni ham meʼyoriga yetkazib ijro etishi, oʻtkir satirik va lirik portretlar ustasi sifatida ajralib turadi. Maneko ("Polizdagi voqea") uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Keyinchalik Xlestakov ("Revizor"), Dartanʼyan ("Uch mushketyor"), Konfetvoy ("Suqatoy Konfetvoy"), Ali ("Ali va Vali"), Mushuk ("Etik kiygan mushuk"), Mishka Dadone ("Toshkent — non shahri"), Shum bola ("Shum bola"), Afandi ("Afandining yoshligi"), Yusuf ("Tobutdan tovush") kabi rollarni ijro etib shuxrat qozondi. Kino ("Akmalning sarguzashtlari"da ertakchi chol; "Shiddat"da Mamat; "Xorazm afsonasi"da masharaboz; "Toʻylar muborak"da kuyovning doʻsti; "Arslonning sarguzashtlari"da Qoʻrqinch; "Xumcha"da choyxonachi; "Margʻiyona"da masharaboz; "Alpomish"da Toychaxon; "Meshpolvon"da Rayhon qiziq va boshqalar), televizion spektakl va filmlarda (Shum bola, "Shum bola"; Anvar, "Izlayman"; Sobir, "Uchrashuv", Jalil, "Shaytanat" kabi) ham suratga tushgan. Maxsus teatrlashgan dasturlarda Afandi, asabiy odam, lektor kabi obrazlar yaratgan. Xayrulla Saʼdiyev, shuningdek, televizion miniatyuralar teatrining doimiy qatnashchisi[1].
Filmografiya
tahrirYil | Nomi | Obraz | Izoh |
---|---|---|---|
2016 | Xazonrezgi | ||
2014 | Gumrohlar | ||
2012 | Xazina | ||
Qovun | |||
2011 | Hayot jilgʻalari | Toshkenboy aka | |
Qoʻrgʻoshin | Abdurahmon | ||
Uchar otlar | Ibn Al Jabbor | ||
2010 | 24 soat | Doktor | |
2009 | Arosat | ||
2008 | Jannat qaydadir? | ||
Iblis devori | |||
2007 | Oʻtov | Mahalla noziri | |
Shima | Yapon kapitani | ||
Yoʻqolgan odam | |||
2006 | Osmon yaqin | ||
Suiqasd | |||
2004 | Близнецы | Muxtor | |
2000 | Alpomish | Toychaxon | |
1998
2003 |
Shaytanat | Jalil | |
1996 | Margʻiyona | Masxaraboz | |
1990 | Xumcha | Choyxonachi | |
1988 | Arslonning sarguzashtlari | Qoʻrqinch | |
1984 | Новые приключения Акмаля | волшебный садовник | |
1981 | Akmalning sarguzashtlari | Ertakchi chol | |
1978 | Toʻylar muborak | Kuyovning doʻsti | |
1978 | Xorazm afsonasi | Masxaraboz | |
1976 | Koʻrinmaslar | ||
1975 | Как Хашим был большим | Hoshim | |
1973 | Chinor | Anvar, Said | |
1970 | Semurgʻ | Navoiy | |
1972 | Возраст тревог | qahvaxonadagi yigit | |
1971 | Shiddat | Mamat | |
1969 | Возвращайся с солнцем | Jingalak |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |