Xaytrabod masjidi
Xayrtobod masjidi Hayratobodda joylashgan[1]. Bugungi kunda Xayrtobod masjidi atrofidagi hudud mashhur aholi punkti hisoblanadi. Bu hudud Hindistonning Haydarobod shahrining yirik biznes va IT markaziga aylangan[2].
Masjid | |
Xaytrabod masjidi
| |
Xaytrabod masjidining umumiy koʻrinishi | |
Mamlakat | Hindiston |
Shahar | Haydarobod |
Asoschi | Xayrunisa Begim |
Asosiy sana: 1626-yil[1]
| |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Xaytrabod masjidi Vikiomborda |
Tarixi
tahrirXayrtobod masjidi Sulton Muhammad Qutbshoh VI(1612–1626) ning qizi Ma Saheba nomi bilan tanilgan Xayrunisa begim tomonidan 1626-yilda qurilgan. U masjidni ustozi Oxund Mulla Abdulmalik uchun qurdirgan.
Masjidga tutash hududa boʻsh gumbazli bino bor. Uning qabrdan xoli boʻlishining sababi shundaki, binoni Oxund oʻzini shu yerga dafn qilishlari uchun qurdirgan; u Makkada Haj ziyorati chogʻida vafot etgani sababli, gumbaz osti boʻsh qoldirilgan[2].
Xayruniso begim kuyovi Husaynshoh Validan malika uchun saroy, masjid va suv yig‘uvchi havza qurishni iltimos qilgan. Suv havzasi keyinchalik Xayrtobodning shimoliy qismida qurilgan Husayn Sagar nomi bilan mashhur boʻlgan[1].
Arxitekturasi
tahrirXayratobod masjidi Husayn Shoh Valiy tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan. Masjid oldida uch arkali teshik mavjud. Masjidning nozik minoralari koʻplab bezak ishlariga ega va jali (toʻr) ishlari ham koʻzga tashlanadi[3].
Bino INTACH AP, tomonidan Hindistonning madaniy meros obyekti deb eʼlon qilgan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Bilgrami, Syed Ali Asgar. Landmarks Of The Deccan, 1927 — 57-58-bet.
- ↑ 2,0 2,1 „Andhra Pradesh Tourism“.
- ↑ „Khairatabad Mosque“ (1612).
- ↑ „INTACH“. 2011-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-sentyabr.