Xazinalar oroli

shotland yozuvchisi Robert Louis Stevenson qalamiga mansub roman

„Xazinalar oroli“ (inglizcha: Treasure Island) – shotland yozuvchisi Robert Louis Stevenson qalamiga mansub sarguzasht roman. Kitob oʻlaroq birinchi marta 1883-yil London shahrida „Cassell and Company“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Ilk bor 1881-1882-yillarda „Young Folks“ bolalar jurnalida „Xazinalar oroli, yoki Ispanola isyosni“ (inglizcha: Treasure Island, or the mutiny of the Hispaniola) nomi bilan chop etilgan. Romanni oʻzbek tiliga Ahmadjon Yoqubov tarjima qilgan.

Xazinalar oroli

1911-yilgi nashr muqovasi
Asl nomi Treasure Island
Muallif(lar) Robert Louis Stevenson
Tarjimon(lar) Ahmadjon Yoqubov
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1883
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1973
Sahifalar soni 216

Asarda Jim Hawkins (talaffuzi: Jim Xokins) ismli bolaning hayoti, uning skvayr Trelawney (talaffuzi: Treloni) va doktor Livesey (talaffuzi: Livsi) bilan birgalikda Xazinalar oroliga borib, u yerdagi boyliklarni izlab boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida soʻz yuritiladi. „Xazinalar oroli“ eng koʻp sahnalashtirilgan romanlardan biri hisoblanadi. Asar qaroqchilar haqidagi ommaviy tasavvurning shakllanishida muhim rol oʻynagan. Masalan, xazina xaritalarini „X“ bilan belgilash, tropik orollar, yelkasida toʻti qush olib yuruvchi bir oyoqli dengizchilar obrazlari aynan shu asardan keyin keng tarqalgan.

„Xazinalar oroli“ olti qismga va 34 bobga boʻlingan. Voqealar Jim Hawkins nomidan hikoya qilinadi. Faqat 16-18-boblarda hikoyalarni doktor Livesey soʻzlab beradi.

Syujeti

tahrir

Jim Hawkins (talaffuzi: Jim Xokins) ismli oʻsmir onasi va otasi bilan yashaydi. Ularning sodda restorani boʻladi. Kunlarning birida restoranga avbosh qaroqchi keladi.

Jimning otasi va qaroqchi birin-ketin oʻladi. Jim qaroqchi ashyolari ichidan xazina yashiringan orol xaritasini topib oladi. Oʻsmir odam toʻplab, orolga otlanadi. Guruhning yarmi xarita egasini tanigan qaroqchilardan iborat boʻladi.

Bu qaroqchilar isyon qilmoqchi boʻladi. Orolda Jim uch yil avval tashlab ketilgan, yolgʻizlikdan qisman aqldan ozgan Ben Gunnni (talaffuzi: Ben Gan) uchratadi. Ben Jimga yordam beradi, xazinani topib olganini aytadi. Pirovardida Jim oʻz sheriklari bilan Benni shaharga olib boradi, xazinani esa boʻlishtirib oladilar.

Qahramonlari

tahrir
  • Jim Hawkins (talaffuzi: Jim Xokins) – bosh qahramon; asar hikoyachisi
  • Livesey (talaffuzi: Livsi) – mahalliy doktor
  • John Silver (talaffuzi: Jon Silver) – Xazinalar oroliga qilingan safar oshpazi
  • Smollett (talaffuzi: Smollet) – Xazinalar oroliga qilingan safar kapitani
  • Trelawney (talaffuzi: Treloni) – skvayr, yaʼni boyvachcha yer egasi
  • Billy Bones (talaffuzi: Billi Bons – qari dengizchi
  • Ben Gunn (talaffuzi: Ben Gan) – Xazinalar orolida tashlab ketilgan, qisman aqldan ozgan shaxs

Oʻzbekcha tarjimasi

tahrir

Asarni oʻzbek tiliga 1957-yil „Detgiz“ nashriyoti chop etgan nashrga asoslanib Ahmadjon Yoqubov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1973-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Mirobidov – muharrir, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Puzenko – texnik muharrir, M. Nazirova – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

Havolalar

tahrir