Alashan
(Xelanshandan yoʻnaltirildi)
Alashan – Xitoyning shimolidagi choʻl, Nanshan togʻlaridan shimoli-sharqda. Maydoni qariyb 170 ming km². A.ning yer yuzasi past togʻlar, qumli va toshloq yerlardan iborat toʻlqinsimon tekislik. Katta qum massivlari koʻchib yuradi, balandligi 250 m gacha barxanlar hosil qiladi. balandligi 820 m dan (shimoli-gʻarbida) 1660 m gacha (janda). Iqlimi kontinental, yanvar oyida temperatura – 6,8°,- 12, G, iyulniki 22,6° – 26,1°. Yogʻin kam yogʻadi (200 mm gacha). Eng yirik daryolari – Edzin-Gol (Jo-shuy), Shuyxe. Katta koʻli – Sogo-Nur Alashanda gil tuproqli pastlik joylarda shoʻrxoklar, taqirlar uchraydi. Asosiy oʻsimliklari: juzgʻun, yovvoyi piyoz, sak-sovul va turli xil oʻtlar. Aholi siyrak asosan koʻchmanchi chorvadorlar yashaydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |