Xelatlar
Xelatlar (grekcha: „chele“ — qisqichbaqa panjasi), kompleksonlar — mikroelementlarning metallorganik birikmalari; mikrooʻgʻit sifatida ishlatiladi. Suvda yaxshi eriydi, oʻsimliklar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi, tuproq kolloidlari taʼsirida choʻkmaga tushmaydi. Mikroorganizmlarning yemirish taʼsiriga qarshi turish xususiyati, barcha tuproqlarda gidrolizga qarshi turgʻunligi, oʻsimliklarga zararli taʼsiri yoʻqligi bilan ahamiyatli. Tarkibida 10-12% temir, 6-10% rux, 8-10% marganets, 9-18% mis bor. Tuproqqa ekin ekish oddidan boshqa oʻgʻitlar bilan birga solinadi, barglar orqali oziqlantirishda qoʻllanadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |