Xemnits (1953-1990-yillarda Karlmarksshtadt) — Germaniyaning janubi-sharqiy qismidagi shahar. Saksoniya yerida. Aholisi 266 ming kishi (1999). Muhim sanoat markazi va transport yoʻllari chorrahasi. Mashinasozlik (xususan, toʻqimachilik va kimyo sanoatlari uchun jihozlar, avtomobil, mototsikl va velosipedlar i.ch.), kimyo, toʻqimachilik, trikotaj, tikuvchilik va mebel sanoati korxonalari mavjud. Shaharga 12-asrda Rudali togʻlardan oʻtgan savdo yoʻli yoqasida asos solingan. XII — XVIII asrlarda qurilgan meʼmoriy obidalari saqlangan.