Xemoretsepsiya (xemo – shretseptorlar) — bir yoki koʻp hujayralilar ixtisoslashgan hujayralarining tashqi muhitdagi hayot uchun muhim boʻlgan kimyoviy moddalardan taʼsirlanishi. Xemoretsepsiyaning dastlabki jarayoni taʼsirlovchi kimyoviy modda bilan hujayra membranasidagi xemoretseptor oqsil oʻrtasidagi taʼsirdan iborat. Xemoretsepsiya — evolyutsiya jihatidan eng qad. retsepsiya tipi, barcha tirik organizmlar uchun xos. Koʻpchilik hayvonlar uchun 2 xil xemoretsepsiya: interoxemoretsepsiya (koʻp hujayralilar ichki muhitini, jumladan, gormonlar, mediatorlar, antigenlar va boshqalarni analiz qiluvchi) va eksteroxemoretsepsiya (tashqi kimyoviy taʼsirlarni qabul qiluvchi) xos. Yuksak tuzilgan organ izmlarda ixtisoslashgan kimyoviy sezgi organlari — hid bilish, taʼm bilish paydo boʻladi. Bu xiddagi organlar umurtqali hayvonlar va bir qancha umurtqasizlar (masalan, hasharotlar)da bor. Bundan tashkari, kam ixtisoslashgan xemoretsepsiya — gavda qoplamining taʼsirlovchi moddalarga nisbatan umumiy kimyoviy sezgirligi ham mavjud.

Xemosintez koʻpchilik hayvonlarning oziq qidirib topishi, dushmanlari yoki noqulay sharoitdan saqlanishi, oʻz turi va oilasi individlari hamda oʻz juftini topib olishda katta ahamiyatga ega. Xemoretsepsiyaning jamoa boʻlib yashovchi hasharotlar hayotidagi ahamiyati ayniqsa katta. Bunday hasharotlar oilasidagi murakkab fiziologik xattiharakat reaksiyalari (oziq qidirib topish, oʻzaro tobelik munosabatlari) xemoretsepsiya bilan bogʻliq.