Ximerasimonlar, ximeralar (Chimaeriformes) — baliqlarning bir turkumi. 3 oilaga mansub 30 turi maʼlum. Tanasining uzunligi 60 sm dan 2 m gacha. Urgʻochisi erkagidan yirikroq. Birinchi orqa suzgichi oldidagi tikanlari suzgichlar bilan birga yelpigʻichsimon yigʻilishi va yoyilishi mumkin. Keyingi orka suzgichi juda uzun, dum suzgichiga yakin joylashgan. Dum suzgichi uchi ipsimon. Juft suzgichi ham yelpigʻichsimon. Ximerasimonlar Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining chuqur (2500 m gacha) joylarida yashaydi. Ichki urugʻlanadi. Har biri 12—42 sm li kapsula ichida ikkita tuxum qoʻyadi. Tuxumdan 9—12 oyda yosh baliqcha chiqadi. AQSH (Tinch okean sohillari), Argentina, Chili, Yangi Zelandiya, Xitoyga yakin suv havzalaridan ovlanadi. Baʼzi joylarda jigaridan olingan yogʻ dori va surkov moy sifatida qoʻllanadi.