Xiqildoq shishi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
HIQILDOQ Shishi-hiqildoq shilliq pardasining tez rivojlanuvchi va yorigʼini toraytiruvchi vazomotor-allergik jarayon. Etiologiyasi:Hiqildoqning oʼtkir shishi koʼpincha turli patologik jarayonlarning belgisi sifatida namoyon boʼladi.U quyidagi kasalliklarda rivojlanishi mumkin: 1)Hiqildoq va unga yaqin aʼzolarning yalligʼlanish jarayonlarida(hiqildoq anginasi,burma osti laringiti,flegmonali laringit, oʼtkir laringotraxeit,xondroperixondrit,hiqildoq usti hoʼppozi,xalqum va uning yon va orqa boʼshliqlari,boʼyin umurtqalari sohasi,til ildizi va ogʼiz boʼshligʼi tubining yiringli jarayonlari,boʼyin flegmonasi).
Hiqildoqning allergik shishi 2) oʼtkir yuqumli kasalliklarda (difteriya,qizamiq,skarlatina,gripp va boshq.);3) hiqildoq,koʼks oraligʼi, qiziloʼngach va qalqonsimon bez oʼsmalarida (xavfsiz va xavfli); hiqildoq shishi onkologik kasallik bilan ogʼrigan va nur bilan davolangan bemorlarda kuzatilishi mumkin. 4) hiqildoq jarohatlarida (sanchilgan, kesilgan, termik, kimyoviy jarohatlar, yot jism); 5) allergik kasalliklarda; bunda hiqildoqning yalligʼlanishsiz shishi ayrim oziq-ovqat, dori va kosmetik mahsulotlarga nisbatan allergik reaktsiyaning belgisi sifatida yuzaga keladi.6) yurak-qon tomir kasalliklarida, qon aylanish yetishmovchilgining II, III boskichlarida, buyrak kasalliklari, jigar sirrozi va kaxekxeksiyada ); 7) baʼzan yatrogen hiqildoq shishi, yaʼni hikildoq va boʼyin sohasida bajarilgan jarrohlik amali, davomli yuqori traxeobronxoskopiya,davomli intubatsiyadan soʼng rivojlanishi ==
Quloq burun tomoq kasalliklari Hikildoq shishi yumshoq toʼqimaga boy shilliq osti qavatida, yaʼni hiqildoq usti qopqogʼining til yuzasida, choʼmichhiqildoq usti burmalarida, hiqildoqga kirish joyining orqa devorida, hiqildoqning pastki qavatida rivojlanib, nafas faoliyatining keskin buzilishiga olib keladi. Tashxis kasallikni boshlanishi, bemor shikoyatlari, nafas olish faoliyatining turli darajada buzilishi, bilvosita va bevosita laringoskopiya, bronxoskopiya, hiqildoq va koʼkrak qafasi rentgenografiyasi tekshiruvlarining natijalari asosida qoʼyiladi. Davolash tadbirlari hiqildoq shishining rivojlanishiga sabab boʼlgan asosiy kasallikni davolashga karatiladi va shifoxona sharoitida olib boriladi. Nafas yullari torayishining kompensatsiya va subkompensatsiya bosqichlari kasallikni kelib chiqish sababiga qarab dorilar bilan davolanadi. Bemorga quyidagi dori va davolash tadbirlari buyuriladi: 1) antibiotiklar ( yarim sintetik penitsillinlar, makrolidlar va boshk.); 2) giposensebilizatsiyalovchi dori vositalar; 3) kortikosteroidlar; 4) tinchlantiruvchi dorilar; 5) siydik haydovchi dorilar; 6) hiqildoq sohasiga turli boylamlar qoʼyish; 7) fizioterapiya muolajalari (ingalyatsiya ,elektrofarez va boshq) ; 8) chalgʼituvchi terapiya va degidratatsiya tadbirlari; Vena ichiga 40% -20 ml glyukoza, 1% kalьtsiy xlorid eritmasi bir daqiqada 40-50 tomchidan tomchilab (bolalarga 7-10 ml/kg,kattalarga 400 ml gacha, 5%-5 ml natriy askorbinat, 40% - 5 ml urotropin eritmalari, 30-90 mg prednizolon, 2,4% - 5-10 ml eufillin yoki tiosulfat natriy eritmalari yuboriladi. Mushak orasiga dimedrol (1%-2 ml), pipolfen (2,5% -2 ml), teri ostiga 0,1% -1 ml atropin sulfat eritmalari yuboriladi. Pastki va oʼrta burun chigʼanoqlari old qismining shilliq pardasi ostiga 1-1,5 ml 0,5% 1% novokain eritmasini yuborish ham samarali davolash usuli hisoblanadi. Bemorga chalgʼituvchi terapiya (oyoqlarga issiq vanna, koʼkrak qafasi va oyoqlarga xantal kuyish), tana haroratini meyorlashtiruvchi va yurak faoliyatini yaxshilovchi dori vositalari buyuriladi. Yalligʼlanish jarayoni tufayli rivojlangan hikildoq shishida bemorga antibiotiklar va sulfanilamid dori vositalari tavsiya qilinsa, allergik shishda birinchi navbatda allergenning taʼsiri bartaraf etilishi lozim. Kuyishdan soʼng rivojlangan hikildoq shishida shokga qarshi terapiya oʼtkazilib, ayrim hollarda yiringli jaraѐnni bartaraf etish maqsadida jarrohlik amali bajarilishi mumkin. Keskin rivojlangan hiqildoq shishida bemor ahvoli yaxshilanmasa kortikosteroidlarning miqdori koʼpaytirilib, vena ichiga 200 ml izotonik eritmada eritilgan 90 mg prednizolon, 2 ml pipolfen, 10 ml 10% kaltsiy xlorid, 2 ml laziks eritmalari yuboriladi. Dori-darmonlar foyda qilmagan va torayishning dekompensatsiya bosqichi rivojlanganda termoplastik naycha yordamida intubatsiya va shoshilinch traxeostomiya jarrohlik amali, boʼgʼilish xolatida esa shoshilinch konikotomiya, tashqi nafas tiklangandan soʼng – traxeostomiya jarrohlik amallari bajariladi.