Xitoy — Maldiv orollari munosabatlari
Xitoy – Maldiv orollari munosabatlari Xitoy Xalq Respublikasi va Maldiv orollari oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar sanaladi. Xitoyning Male shahrida elchixonasi bor, Maldiv orollari esa 2009-yilda Xitoy poytaxti Pekinda elchixonasini ochgan. Mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1972-yilda oʻrnatilgan[1].
Maldiv | Xitoy |
Yuqori darajadagi tashriflar
tahrir2011-yil may oyida Butunxitoy xalq vakillari kengashi raisi va Siyosiy byuro qoʻmitasining doimiy aʼzosi Vu Bangguo Maldiv orollariga tashrif buyurdi[2]. 2012-yil oktabr oyida Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi Doimiy qoʻmitasi aʼzosi Li Changchun, Maldiv Prezidenti Muhammad Vahid Hasan bilan uchrashuv oʻtkazdi. 2014-yil sentyabr oyida Xitoy Kommunistik partiyasi raisi va Bosh kotibi Si Tszinpin Maldiv prezidenti Abdulla Yamin bilan uchrashdi[3].
Hindiston reaksiyasi
tahrirHindiston hukumati Xitoyning Maldiv orollarida[4][5][6] kuchayib borayotgan taʼsiridan, Xitoyning Maldivning Marao shahrida harbiy bazasini tashkil etish niyatidan xavotir bildirdi[2].
Maldiv orollarining Gonkong bilan munosabatlari
tahrir2016-yilda Maldiv orollari hamda Gonkong oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisidagi kelishuv imzolandi. Kelishuvning asosiy qoidalari: bojlarni bekor qilish yoki kamaytirish, tarifsiz toʻsiqlarni liberallashtirish, oʻzaro savdoni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, investitsiyalarni himoya qilish va ragʻbatlantirish, savdoni erkinlashtirish, nizolarni hal etishning huquqiy mexanizmini yaratish asosiy maqsadlaridan biri sanaladi[7][8]. Maldiv orollari hamda Gonkong oʻrtasidagi munosabatlar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlarga bogʻliq, ammo xalqaro jamiyatda Gonkong erkin holatda boshqa davlatlar bilan savdo bitimlarini imzolash imkoniyatiga ega emas[9]
Manbalar
tahrir- ↑ „Sino-Maldives relations“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „China's stepped up moves in Maldives worry India - The Times of India“. 2014-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
- ↑ „アーカイブされたコピー“. 2013-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-yanvar.
- ↑ „India freezes Maldives aid as relations hit an all-time low | Daily Mail Online“. 2015-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
- ↑ „アーカイブされたコピー“. 2014-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-yanvar.
- ↑ „China acquires a base in Maldives against India with some help from Pakistan“. 2017-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Hong Kong to negotiate Free Trade Agreements with Georgia and Maldives“. 2016-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Hong Kong to Negotiate Free Trade Agreements with Georgia and Maldives Consultation Document“. 2016-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Hong Kong Basic Law Chapter VII : External Affairs“. 2016-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.