Xitoy Sharqiy Aviakompaniyasi
Xitoy Sharqiy Aviakompaniyasi (inglizcha: China Eastern Airlines) — bosh qarorgohi Shanxayda joylashgan yirik Xitoy aviakompaniyasi. U xalqaro, mahalliy yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatadi. Aviakompaniyaning asosiy aeroportlari — Xunsyiao va Pudun xalqaro aeroportlari[1].
Tarix
tahrirAviakompaniya 1988-yil 25-iyunda Xitoy fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasining Sharqiy Xitoy mintaqaviy boshqarmasi negizida tashkil etilgan[1].
1997-yilda Xitoy Sharqiy Aviakompaniyasi zarar koʻrayotgan China General Aviation aviakompaniyasi ustidan nazoratni oʻz qoʻliga oldi va shu bilan birga kompaniya aktsiyalari jahon fond bozorlarida sotiladigan mamlakatdagi birinchi aviatashuvchiga aylandi[1].
Xitoy hukumati Xitoy Sharqiy Aviakompaniyasi aktsiyalarining 61,64 foiziga egalik qiladi, qolgan qimmatli qogʻozlar fond bozorlarida sotiladi. 2005-yil yanvar oyida kompaniyada 16 435 kishi ishlagan.
2006-yil 20-aprelda ommaviy axborot vositalarida Xitoy hukumati oʻz paketidagi aktsiyalarning 20 foizini bir qator xorijiy investorlarga sotishi mumkinligi haqida xabarlar paydo boʻldi, ular orasida Singapore Airlines, Emirates Airlines va Yaponiya Havo Yo'llari ham bor[2][3].
Yoʻnalish tarmogʻi
tahrirXitoy Sharqiy Aviakompaniyasi Osiyo, Yevropa, Shimoliy Amerika va Avstraliyadagi yoʻnalishlarda kuchli ishtirok etadi. 2004-yilda aviakompaniya foyda keltirmaydigan Shanxay — Brussel — Madrid yoʻnalishini yopdi. Biroq, oʻsha yili Shanxay — Melburn yangi yoʻnalishi ochildi. 2007-yilda Xitoy Sharqiy Aviakompaniyasi birinchi Afrika parvozini Yoxannesburgga amalga oshira boshladi. Shuningdek, 2007-yilda Shanxaydan Nyu-Yorkka parvoz boshlandi, bu reys aviakompaniyaning eng uzun toʻxtovsiz yoʻnalishiga aylandi[1]. 2007-yil 22-noyabr kuni Xitoy Sharqiy Aviakompaniyasi haftasiga ikki marta Shanxay — Brisben yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy reysni yo‘lga qo‘ydi.
Flot
tahrir2021-yil iyul oyida Xitoy Sharqiy Aviakompaniyasi o‘rtacha yoshi 7,7 yil bo‘lgan 590 ta samolyotdan iborat edi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 https://www.tripadvisor.com/Airline_Review-d8729050-Reviews-China-Eastern-Airlines
- ↑ „Singapore and Chine Eastern“. channelnewsasia.com.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Авиакомпания China Eastern за год понесла убытки на 2,2 млрд долларов (АвиаПорт)“ (ru). АвиаПорт.Ru. 2021-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
- ↑ „China Eastern Airlines Fleet Details and History“. www.planespotters.net. 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.