Xitoy fanlar akademiyasi
Xitoy fanlar akademiyasi, XXR Fanlar akademiyasi — Xitoyning oliy ilmiy muassasasi. Fanning barcha sohalari boʻyicha tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi, koʻp ilmiy tadqiqot muassasalariga rahbarlik qiladi. Nankindagi Markaziy ilmiy tadqiqot akademiyasi va Pekin ilmiy tadqiqot akademiyasi negizida 1949-yil noyabrda Pekin shahrida tashkil etilgan. Akademiya tarkibida fizikamat va kimyo fanlari, biol. fanlari, geol. va geogr. fanlari, texnika fanlari, falsafa va ijtimoiy fanlar boʻlimlari, 80 ga yaqin ilmiy tadqiqot muassasasi mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |