Xitoylik oʻzbeklar - Xitoy Xalq Respublikasining Shinjong Uygʻur muxtor rayoninda yashaydi, 2010-yilgi hisob boʻyicha Xitoylik Oʻzbeklar 10569 odam.

Oʻzbeklar asosan Gʻulja shahri, Qashgʻar shahri, Yarkent tumani, Qargʻalik tumani, Urumchi shahri, Gucheng tumani, Moʻriy tumani va Choʻchak tumanida yashaydilar, ushbu aytib oʻtilgan tuman va shaharda faqat 500 dan 2000 gacha Oʻzbeklar bor xolos. Lekin ushbu shahar va tumanlarda Andijon koʻchasi, Qoʻqon koʻchasi, Andijon masjidi, Andijon mahallasi, Samarqand koʻchasi kabi koʻchalar hozirgacha mavjud, Xitoylik Oʻzbeklar esa asosan oʻsha koʻchalarda joylashgan. Gʻulja shahrida Oʻzbek maktabi boʻlgan, hozir esa nomi Gʻulja shahri 4-maktab deb oʻzgartirilgan, lekin oʻsha maktabni yonidagi Oʻzbek masjidi hozirgacha mavjud va hozirgi kunda Gʻulja shahrining sayhat qilish manzaralardan bittasiga aylangan, nomi ham hozirgacha Oʻzbek masjidi deb saqlanib kelgan. Urumchi shahrida esa Xitoylik Oʻzbeklar madaniyat tadqiqot uyushmasi mavjud boʻlib 20 yildan ber faoliyat olib bormoqda va arab alifbosidagi eski Oʻzbek yozuvida kitoblar nashir etgan. Moʻry tumanida esa Oʻzbek muxtor qishlogʻi mavjud, ushbu qishloq 1987-yil iyul oyida Xitoy Xalq respublikasi tominidan Oʻzbek qishlogʻi deb nom berilgan. Oʻzbek qishlogʻi umumiy maydoni 1393 kvadrat metr, 2014-yilga qadar ushbu qishloq 1113 ta oilada tashkil topgan boʻlib, umumiy aholisi 3367 odam, buni ichida Oʻzbeklar 997 odam boʻlib qishloq aholisini 30.92 % egallaydi[1][2][3][4].

Manbalar

tahrir
  1. baidu.com saytidagi taʼrif
  2. Xitoylik Oʻzbek qishloq hokimiyatining rasmiy sayti, 2015-02-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-17
  3. Oʻzbek qishlogʻining haritasi, 2015-02-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-17
  4. Oʻzbek qishloq qurilganligining 20 yilligi haqida Xitoycha yangiliklar, 2015-02-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-17