Xiva gilami aksiyadorlik jamiyati
Xiva gilami aksiyadorlik jamiyati – gilamchilik sanoatining yirik korxonasi. „Oʻzbekyengilsanoat“ davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Gilam, gilam maxsulotlari, kalava ip ishlab chiqaradi. Korxona Xiva gilam kombinati nomi bilan qurilgan (yillik loyiha quvvati 2450 ming m2 gilam, 4000 t dan ortiq kalava). 1-navbati 1977-yilda, 2-navbati 1978-yil oxirida ishga tushirilgan.
1988–yilda komtinat va Hazorasp ip yigiruv fabrikasi qoʻshilib, Xiva gilam ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. 1990 yilda korxonada 2450 ming m2 gilam va 4022 t kalava ip ishlab chiqarildi. 1994-yildan korxona „Xiva gilami“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 2001 – yilda Hazorasp ip yigiruv fabrikasi mustaqil korxona sifatida ajralib chiqdi. Keyingi yillarda korxona rekonstruksiya qilindi. Zamonaviy PPM240 Sh ip yigiruv mashinalari, Rossiyaning ACH214 tarash apparatlari bilan jihozlandi, korxonada gilam ishlab chiqarish quvvatlarini toʻliq taʼminlaydigan hajmda yarim jun kalava ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 2002- yilda korxona ishlab chiqarish maydonining yarmida (30 toʻquv stanogi) tashki bozorda xaridorgir boʻlgan jun gilamlar ishlab chiqaradigan „Xiva Karpet“ Oʻzbekiston—Germaniya qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
2003 – yilda korxonada 1430 t kalava, 756 ming m2 gilam ishlab chiqarildi. Mahsulotlari Rossiya, Ukraina, Germaniya va boshqa davlatlarga eksport qilinadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |