Xiyobon madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Xiyobon madrasasi 1581—1782-yillarda Hoji Habibulloh guzarida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Abdullaxon II davrida uning onasi Modarixon tomonidan bunyod etilgan. Ushbu malika toʻgʻrisida biror maʼlumot saqlanib qolmagan. Madrasa Modarixon va Volidayi xon kabi nomlar bilan ham atalib kelingan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa toʻgʻrisida Buxoro amiri Amir Shohmurod davrida 1794—1795-yillarga oid vaqf hujjati saqlanib qolgan. Hujjatda madrasa ajoyib toqlar va hujralar, ravoqlar, ichki va tashqi sahnlardan iborat boʻlgan. Madrsa gʻarbida Hoji Habibulloh hovuzi va xonaqohi, shimolida esa Fata hammomi va vaqf doʻkonlari, sharqida Qosim qorovulbegi valadi Abdulloh qorovulbegi uyi, janubida Mirza Badal ibn Muhammad Rustam toʻpchiboshi mavjud boʻlgan. Madrasa vaqfi uchun bir qator yer va doʻkonlar vaqf qilingan. Jumladan Abdulaxon timinining janubiy doʻkonlari, Choy bozori, Iroq timi va boshqa hududlardagi yerlar vaqf qilingan. Madrasada olti, baʼzan yetti nafar mudarris dars oʻtgan. Xiyobon madrasasi Buxoro shahrida XVII asrining ikkinchi yarmida barcha ilm oluvchi toliblar uchun muhim ahamiyat kasb etgan. Ushbu madrasada Hindistondan kelgan, mujaddiya-naqshbandiya tariqati vakili Hoji Muhammad Habibulloh kelib istiqomat qiladi va murshidlik faoliyatini olib boradi. U madrasada toliblarga mudarrislik ham qilgan. Ushbu madrasada zamonasining mashhur kishilari Soʻfi Navro’z Keshiy, Soʻfi Olloyor, Xalifa Ashur Boqi, Oxund mulla Muhammad Zohid kabi kishilar tahsil olishgan[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 80 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3]. Xiyobon madrasasi 80 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

Madrasa
Xiyobon madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Modarixon
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Modarixon
Asosiy sana:
1581—1782-yilla
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 80 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Manbalar

tahrir
  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. 
  3. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.