Xlor(Cl)
Atom raqami 17
Koʻrinishi Sargʻish-yashil
zaharli gaz
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
35.4527 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi n/a pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
1254.9(13.01) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ne] 3s2 3p5
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 99 pm
Ion radiusi (+7e)27 (-1e)181 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
3.16
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 7, 5, 3, 1, −1
Termodinamik xossalari
Zichlik (при −33.6 °C)1.56 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi (Cl-Cl)0.477 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 0.009 Vt/(m·K)
Erish harorati 172.2 K
Erish issiqligi (Cl-Cl)6.41 kJ/mol
Qaynash harorati 238.6 K
Qaynash issiqligi (Cl-Cl)20.41 kJ/mol
Molyar hajm 18.7 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi ortorombik
Panjara davri 6.240 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati n/a K
17
Xlor
Cl
35,45
3s23p5

Xlor(yun. chloros — och yashil, sargʻishyashil, lot. Chlorum), Cl— Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib rakami 17, atom massasi 35,453. Normal sharoitda 2 atomli gaz (S12). Xlorni ilk bor 1774 yilda shved kimyogari Xlor Sheyeli xlorid kislotani marganets (R/)oksid taʼsirida oksidlab hosil qilgan. Xlor GeyLyussak, fransuz kimyogari Xlor Tenar, ingliz kimyogari va fizigi Xlor Devi 1810 yilda Xlorning element ekanligini isbot qilishdi.

Xlor Yer poʻstining massa jihatidan 1,710^2% ini tashkil etadi, dengiz va okean suvlarida 2% gacha Xlor mavjud. Faol element boʻlgagʻgi sababli erkin holda vulqon gazlaridagina uchraydi. Asosiy minerallari: ga lit NaCl, silvin KS1, silvinit KClNaCl, bishofit MgCl26H2O va boshqa Xlor2ta barqaror izotoplar 35S1(75,53%) va 37S1(24,47%) aralashmasidan iborat. Sunʼiy radioaktiv izatoplaridan 34S1(T|/2=32,4 min), 36S1 (T1/2=3,08105 y.), 38S1(T|/2=37,29 min) kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarni oʻrganishda foydalaniladi.

Xlor — oʻtkir hidli, sargʻishyashil tusli gaz. Havoga nisbatan 2,5 marta ogʻir. Suyuqlanish temperaturasi — YUG, kaynash temperaturasi 34,G, zichligi 3,214 kg/m3. Suvda yaxshi eriydi. Tra koʻtarilishi bilan Xlorning suvda eruvchanligi pasayadi (100° li suvda Xlor amalda erimaydi). Xlor oʻz birikmalarida — 1, +1, +3, +4, +5 va +7 valentli. U kimyoviy jihatdan juda faol boʻlgani uchun koʻpchilik elementlar bilan bevosita birikadi, uglevodlardagi vodorod oʻrniga almashinadi. Tuyinmagan birikmalar SO, S2N4 va boshqa Xlorni biriktirib olishi mumkin. Kislorod, azot, uglerod va inert gazlar Xlor bilan bevosita reaksiyaga kirishmaydi. Namgarchilik bulmagan muhitlarda Xlor temir bilan birikmaganligi bois un poʻlat ballonlarda tashish mumkin. l. vodorod bilan shiddatli reaksiyaga kirishib vodorod xlorid NS1 hosil qiladi. Suvda gidrolizlanishi natijasida kuchsiz gipoxlorid kislota NS1O va kuchli xlorid kislota NO hosil boʻladi. Xlorning S12O, S1O2, S12O6, S1207kabi kislorodli birikmalari va S12O8 tarkibli peroksidi maʼlum. Xlor ishqorlarning eritmalari bilan reaksiyaga kirishib xona temperaturasida gipoxloritlar, qizdirilganda esa xloratlar hosil qiladi. Xlor boshqa galogenlar bilan reaksiyaga kirishib S1Gʻ,S1Gʻ3,VgS1, IC1, 1S13 kabi birikmalar beradi. Sanoatda Xlor NaCl ning suvdagi eritmasini poʻlat katod va diafragmadan foydalanib (diafragma usuli), ion almashtiruvchi membranalar yoki simob katod qUllab (simob usuli) elektrolizlab olinadi. Xlor dezinfeksiyalovchi vosita sifatida, ichimlik suvini tozalash va zararsizlantirishda qullanadi.

Metil xlorid, xloroform, tetraxlormetan, freonlar va tarkibida Xlor tutgan turli polimerlar olishda Xlordan keng foydalaniladi.

Xlor zaharli. Xlor ishlatiladigan korxonalarning havosida uning konsentratsiyasi 1 mg/m3 dan ortiq boʻlmasligi kerak. Xlor ionlari baʼzi fermentlarning faolligini oshiradi. Natriy xlorid tirik organizm hayoti uchun nihoyatda zarur modda. Odam organizmining qariyb 0,25% ini Xlor tashkil etadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Parp iyev Xlor Xlor, Rahimov Xlor Xlor, Muftaxov Xlor Xlor, Anorganik kimyo, Xlor, 2003; Kasimova Xlor S, Biogennie elementi, Xlor, 1990.

Rustam Maʼrupov.