Nizomiddin Xoʻjayev
Nizomiddin Asomiddinovich Xoʻjayev (1885 – Toshkent – 1942) – siyosat va jamoat arbobi. Boshlangʻich rustuzem maktabi (1900) va Oʻrta Osiyo universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1929) oʻqigan. 1901-yilda Toshkentdagi Ilin bosmaxonasida ishchi boʻlib ishlagan. „Turon“ jamiyatida faol qatnashgan (1913—17). 1916-yildan Oʻrta Osiyoda koʻtarilgan qoʻzgolonni kuvvatlab, xalkni podsho Rossiyasiga qarshi kurashga daʼvat etgan. Fevral inqilobi (1917)dan soʻng Toshkent Eski shahar hunarmandlar uyushmasi rahbari, oziq-ovqat qoʻmitasi aʼzosi. Turkiston muxtoriyatini quvvatlab, Toshkentda oʻtkazilgan namoyishning tashkilotchilaridan biri (1917-yil dekabr). Keyinchalik bolsheviklarga yaqinlashib, partiya safiga kirgan (1918). Toshkent Eski shahar soveti Ijroiya qoʻmitasi raisi, Eski shahar partiya komiteta kotibi (1918— 19). Fargona viloyati inqilobiy qoʻmitasi raisi, Turkiston ASSR MIQ aʼzosi (1919—20). Turkiston Kompartiyasi huzuridagi Musulmonlar byurosi ishida qatnashgan.
X. 1921—23 yillarda Butun Rossiya yogʻoch sanoati viloyat boʻlimi va Turkiston Kompartiyasi Markaziy Nazorat komissiyasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1924-yil martda Xorazm Xalq Sovet Respublikasshg. masʼul lavozimga joʻnatilgan. Keyinchalik Oʻzbekiston SSR Davlat Plan komissiyasida prezidium aʼzosi (1929—32; 1933-yildan), Oʻzbekiston tarixiy yodgorliklari va sanʼatini saqlash komiteti raisi (1932—33). 1934-yildagi „tozalash“ kompaniyasidan keyin ijtimoiy faoliyatdan chetlashtirilgan. Keyinchalik Qatagʻon qilingan va 1942-yilda otib tashlangan. Ulimidan soʻng oklangan. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi qoʻyilgan.
Ld..Azizzoda L. Yangi hayot kurashchilari. T., 1977; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T. 2000; Rajabov Q., Haydarov M. Turkiston tarixi (1917—1924), T., 2002.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |