Xoʻjandiy

shoir
(Xo`jandiydan yoʻnaltirildi)

Xoʻjandiy (XIV asrning ikkinchi yarmi, Xoʻjand – XV asr boshlari) – shoir, dunyoviy adabiyot vakillaridan biri.

Xoʻjandiy
Tavalludi XIV asrning ikkinchi yarmi
Vafoti XV asr boshlari
Fuqaroligi Shoir

Xoʻjandiy haqida biografik maʼlumotlar saqlanmagan. Bizgacha uning „Latofatnoma“ asari yetib kelgan. Asar Xorazmiyning „Muhabbatnoma“siga nazira tarzida yozilgan[1]. Doston oʻnta noma (maktuba)dan iborat. Asarda sevgi tarannum etilib, visol ishtiyoqi va hijron iztiroblari tasvirlangan. Shuningdek quyidagi misralar kabi insonparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan:

Tilar boʻlsang jahon ichra amorat,
Faqirlar koʻnglini qilgin imorat.

„Latofatnoma“ XV asr boshlarida oʻzbek sheʼriyatiga xos detallar va badiiy anʼanalar (ayniqsa, tajnis)ga boy, tili ommabop. Forscha, arabcha soʻzlar kam. Unda fikriy aniqlik va hissiy joʻshqinlik mujassam. Asar Oltin Oʻrda xonligida yaratilgan turkiy tildagi nodir adabiy asar boʻlib, oʻzbek adabiyotida nomanavislik janriga muhim hissa boʻlib qoʻshilgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  2. "Xoʻjandiy" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar

tahrir
  • Oʻzbek adabiyoti, 1-jild, Toshkent, 1959-yil. 

Havolalar

tahrir