Shuhrat Xoʻjayev
Shaxsiy ma'lumotlar | |
---|---|
Millati | SSSR → Oʻzbekiston |
Tug'ilishi | 1969-yil 11-iyul (53 yosh) |
o'g'irligi | 90 kg (198 lb) gacha |
Sport | |
Sport | Sambo |
Shuhrat Xurshidovich Xoʻjayev (1969.11.7, Buxoro) — sambochi-kurashchi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2000), „Oʻzbekiston iftixori“ (1998). Sambo boʻyicha 90 kg vaznda Osiyo chempioni (1996, Krasnoyarsk; 1997, UlanBator; 1998, Toshkent; 1999, Singapur; 2000, Uralsk; 2001, Toshkent), Osiyo kubogi gʻolibi (1995, Bishkek), jahon chempioni (1996, Tokio; 2000, Kiyev), jahon kubogi gʻolibi (1996, 1998, Kstova). Kurash boʻyicha Osiyo chempioni (2001, Toshkent), jahon chempionati bronza medali sovrindori (1999, Toshkent). X. kurashning sumo turi boʻyicha ham koʻplab xalqaro musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallagan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyam institutini tugatgan (1994). 1990-yildan Buxorodagi kurashga ixtisoslashgan 2bolalaroʻsmirlar olimpiya zaxiralari maktabida murabbiy.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |