Xoʻja Muhammad Vosiy masjidi
Xoʻja Muhammad Vosiy masjidi — Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan masjid[1]. Xoʻja Muhammad Vosiy jome masjidining bosh imom xatibi — Islom Ikromov.
Masjid | |
Xoʻja Muhammad Vosiy
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Qiziltepa tumani |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Islom Ikromov |
Maqomi | Faoliyat ko'rsatmoqda |
Qurilish materiali | Pishiq g'isht |
Qiziltepa tumani Zarmitan qishlogʻiga qarashli Sheyxon mahallasida joylashgan. „Xoʻja Muhammad Vosiy“ jome masjidi 2003-yil 24-noyabrda Navoiy viloyati adliya roʻyxatidan № 90 sonli qaror bilan oʻtkazilgan. Masjid oldida Xoʻja Muhammad Vosiyning maqbarasi bor. Odamlar bu joyni ziyoratgoh sifatida bilishadi. Bu kishining asl ismi Muhammad ibn Vosiydir. N.Nasafiyning „Samarqandiya“ kitobida maʼlumot berilishicha Muhammad ibn Vosiy Said ibn Muslim davrida yashagan. Muhammad ibn Vosiy Buxoro, Samarqand, hozirgi Navoiy viloyatlarida boʻlgan. Samarqand fath etilgandan soʻng, oʻsha yerda yashab qolgan. Muhammad ibn Vosiy tobein, avliyo, faqih, muhaddis boʻlgan.
Qutayba ibn Muslim (717-yilda vafot etgan) shunday degan ekan:
O‘zimni biror ish tashvishga solgani hamonoq Muhammad ibn Vosiyga murojaat qilardim, keyin Alloh taolo uning duosi tufayli meni tashvishdan xalos qilardi. Muhammad ibn Vosiyning dushman to‘qnash kelganda lashkarlarimni duo qilgani, mening uchun ular safiga yana yuz ming otliq kelib qo‘shilganidan afzalroqdir. Muhammad ibn Vosiyning barokati naqadar buyuk[2].
Vosiyning Qutaybaga koʻp barokatlari tekkan ekan. Hazrat Bahouddin Naqshbandiy ham Vosiyning qabriga tez-tez ziyoratga kelib turgan. „Maqomoti Shohi Naqshband“ kitobida Xoja Muhammad Vosiy quddusa sirruhuning tobeinlaridan boʻlgan va u kishining Movarounnahrga kelishlari ishonchli naql bilan isbotlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. Masjid bugungi kunda ham Qiziltepa tumanida faoliyat koʻrsatib turibdi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Navoiy viloyati“. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.
- ↑ „“Хўжа Муҳаммад Восий” жомий масжиди.“. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.