Xoʻja Xisrav
Xoʻja Xisrav (Xoʻja Xisrav Karminiy, Xoja Xusrav, Xoja Xusrav al-Amiriy al-Karminiy; XIV asrda yashagan) — samarqandlik xoʻjalardan boʻlgan shayx. Naqshbandiya tariqatining targʻibotchisi. Oʻz davrida islom dinining peshvosi, turli karomatlar sohibi sifatida tanilgan. Qabri Karmana shaharchasidagi Xoʻja Xisrav maqbarasida.
Xoʻja Xisrav | |
---|---|
Xoʻja Xisrav maqbarasi, Karmana. 2008-yil qurilgan | |
Tavalludi |
XIV asr Samarqand |
Vafoti | Karmana |
Istiqomat joylari | Samarqand, Karmana |
Sohasi | Naqshbandiya |
Dini | islom |
Hayoti va faoliyati
tahrirXoʻja Xisravning hayoti haqida juda kam maʼlumot saqlangan. Hatto uning tugʻilgan va vafot etgan yillari ham nomaʼlum. Yetib kelgan maʼlumotlarga koʻra Xoʻja Xisrav samarqandlik xoʻjalar avlodidan boʻlib, Bahouddin Naqshband, Mavlono Orif Deggaroniylar bilan bir davrda yashagan va ular bilan muloqotda boʻlgan. Xalq orasida islom dinining peshvosi va avliyo sifatida nom qozongan. U Naqshbandiya tariqatiga amal qilgan hamda uni keng targʻib qilgan. Samarqanddan Karmanaga koʻchib oʻtgan, umrining oxirigacha shu yerda yashagan[1].
Tarixiy qoʻlyozmalarda eslanishi
tahrirXoʻja Xisrav haqida ayrim tarixiy asarlarda yozib qoldirilgan. Jumladan, Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Alining „Bahouddin balogardon“ asarida Mavlono Orif Deggaroniydan quyidagi gaplar keltirilgan:
Bir kuni Hazrati Xoja qaddasallohu sirrahu-l-aziz bilan yoʻlda ketayotgan edik. Qish fasli edi. Oyogʻimda na kovush va na etik bor edi. Qor yogʻa boshladi. Ogʻir tashvishda qoldik. Men Hazrati Xojaga yuzlanib, „Bu qanday hol boʻldi?“ - dedim. Xoja ajoyib holatda edilar, haybat bilan osmonga boqdilar. Bir lahzada qor toʻxtadi va havo juda yoqimli boʻlib qoldi[2].
Xotira
tahrirKarmana shaharchasida joylashgan Xoʻja Xisrav qabri ustida 2008-yil maqbara qurilgan[3]. Xoʻja Xisrav qabri yaqinida joylashgan qabriston Xoʻja Xisrav qabristoni deb nomlanadi. Karmanada Xoʻja Xisrav nomida 11 ustunli masjid ham boʻlgan, hozirda saqlanib qolmagan[2]. Shuningdek, Karmana shaharchasi janubida joylashgan mahallaga Xoʻja Xisrav nomi berilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Zaripov, Shernazar 2021, s. 84.
- ↑ 2,0 2,1 Zaripov, Shernazar 2021, s. 85.
- ↑ Zaripov, Shernazar 2021, s. 86.
Adabiyotlar
tahrir- Azamat Zaripov, Shoyim Shernazar. Karmana kechmishi. Toshkent: Sahhof, 2021 — 192-bet. ISBN 978-9943-6665-8-0.