Xoʻjakent jome masjidi
Xoʻjakent jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Xoʻjakent jome masjidi
Xoʻjakent | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻstonliq |
Manzil | Xoʻjakent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Xoʻjakent mahalla fuqarolar yigʻini, Oltin olma koʻchasi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Rustam domla Umarov |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirXoʻjakent jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Xoʻjakent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Xoʻjakent mahalla fuqarolar yigʻini, Oltin olma koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.55 gektar joyda 600 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Rustam domla Umarov hisoblanadi. Mazkur masjidga Xoʻjakent qishloq fuqarolar yigʻini, Xoʻjakent mahalla fuqarolar yigʻini, Oltin olma mahalla fuqarolar yigʻini, Charogʻon mahalla fuqarolar yigʻini, Mirza Bobur mahalla fuqarolar yigʻini, Kurgancha mahalla fuqarolar yigʻini, Chaqmoq mahalla fuqarolar yigʻini, Qara sirak mahalla fuqarolar yigʻini, Ming chinor mahalla fuqarolar yigʻini, Balta mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.
Tarixi
tahrirXoʻjakent jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Jome masjid hududida 2019-yildan qurilish ishlari va 2020-yilda tugatildi. Qurilishda mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan barpo etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1997-yil 25-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Хўжакент жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Xo'jakent jome masjidi“. halalguide.me. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.